Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Chinoz tumani.O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan 10-Birlashgan saylov okrugi deputati Davron Teshaboyev tomonidan, tumanning chegara hududida joylashgan “Dehqonobod” mahallasida yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Chinoz tumani.Bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi o‘rganildi
янв.21
Chinoz tumani.Maktabning sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Chinoz tumani.Bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati o'rganildi
янв.21
Chinoz tumani.Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati o'rganildi
янв.21
Chinoz tumani.Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o'rganildi
янв.21
Chinoz tumani.Markaziy kutubxona faoliyati o'rganildi
янв.21
CHINOZ TUMANIDAGI. “KO‘P QAVATLI UYLARNING ICHKI YO‘LAKLARI VA YERTO‘LALARI HOLATI O‘RGANILDI"
янв.21
Chinoz tumani.Doimiy komissiyada ko'riladigan masalalarni qoida tariqasida joyiga chiqib o‘rganish.
янв.21
Chinoz tumani.Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi faoliyati o'rganildi
Deputat saylovchilarga hisobot berdi

 Oqdaryo tumani Dahbed shaharchasida joylashgan Axborot kutubxona markazida O‘zLiDeP viloyat Kengashi raisi,  xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashiga 10-Loyish saylov okrugidan deputati Ilhom Botirov tomonidan o‘z deputatlik faoliyati yuzasidan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi. 

     Tadbirda 10–Loyish saylov okurgiga qarashli A.Navoiy, Mustaqillik, Dahbed, Chorbog‘, Paxtaobod, Bozorjoy mahallalari aholisi, mahalla raislari va hududdagi saylovchilar ishtirok etishdi.

       Tadbirni O‘zLiDeP Oqdaryo tuman Kengashiraisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbariAxror Homidov kirish so‘zi bilan ochdi. 

Axror Xomidov deputat tomonidan mazkur mahallalarda amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida ishtirokchilarga qisqacha ma’lumot berib o‘tdi. Shundan so‘ng  O‘zLiDeP viloyat Kengashi raisi, deputat Ilhom Botirov okrug hududidagi 40 mingdan ziyod saylovchilar, qolaversa, hududdagi 14 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari, mahalla raislari, xotin-qizlar faollari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, mahalla bankirlari, soliq tizimi vakillari, umuman tuman faollari hamda jaomoatchiligiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Shuningdek hisobotda deputat qayd etishicha saylovlar bo‘lib o‘tganiga ko‘p vaqt bo‘lmadi. Biroq, aytish mumkin-ki, o‘tgan qisqa vaqt davomida xalq vakili sifatida hududdagi muammolar, saylovchilarning dardu-tashvishlari, ularni qiynab kelayotgan muammoli masalalarni har tomonlama o‘rganish uchun yetarli imkoniyat bo‘ldi, deya ta’kidladi. Tumandagi 62 ta tashkilot, korxona va muassasalar ro‘yxatlari shakllantirilgan. Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi kotibiyati hamda okrug hududidagi 11 nafar tuman Kengashi deputatlari bilan biriktirish va hamkorlik mexanizmlari ishlab chiqilgan.

O‘tgan davrda Loyish, Paxtaobod, Chorbog‘, Dahbed, A.Navoiy, Bozorjoy, Temirak,  Kumushkent hamda Go‘zalkent mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida yashovchi fuqarolar yig‘inlari vakillari bilan 3 marotaba uchrashuv va muloqotlar o‘tkazilib, 26 ta murojaatlar tinglandi. Shunga muvofiq viloyat hamda tuman darajasidagi mutasaddilarga Dahbed shaharchasi hududidagi muammoli masalar bo‘yicha 9, Kumushkent va Go‘zalkent mahallalari hududidagi murojaatlar bo‘yicha  7 ta deputatlik so‘rovlari chiqarilib, barchasi bo‘yicha tegishli javoblar olingan.

Saylovchilar bilan 4 marotaba sayyor qabullar tashkil etildi.

Ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida fuqarolar 10 dan ortiq maktab, bog‘cha, svetofor, simyog‘ochlar, ichki yo‘llar, tomorqa, elektr energiyasi, banklardan imtiyozli kredit olish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlarini bildirishdi.

Jumladan, A.Navoiy MFY  raisi Sodiqjon Sayfullayev mazkur mahallaning maktab o‘quvchilari ko‘p yillardan buyon ikki smenada o‘qib kelishayotganini shu sabab qo‘shimcha maktab binosi qurilishida amaliy  yordam so‘rab murojaat qildi. Mahalla hududida  bolalar bog‘chasi uchun joy ajratilgan bo‘lib 7 yildan buyon maktabgacha ta’lim muasasasi takshil etish masalasiga ijobiy yechim topilmayotgani, yer maydoni boshqa shaxs tomonidan xususiylashtirib, olingani, bog‘cha qurish uchun yer maydoni muammoligicha qolayotganini ma’lum qilindi. Shuningdek, Paxtaobod MFY Ravot qishlog‘ida yashovchi fuqaro Eldor bobo Nizomov qishloqga kirish qismidagi ichki yo‘llarni asfaltlashtirish,elektr tarmoqlari va hududga yangi transformator o‘rnatish masalalarini aytib, iloji bo‘lsa joyiga chiqib o‘rganish taklifini bildirdi.

       Fuqarolar tomonidan bildirilgan ayrim murojaatlar deputat tomonidan alohida nazoratga olindi va Paxtaobod mahallasi  aholisini yillar davomida qiynab kelayotgan  muammolarni deputat tomonidan joyiga chiqib o‘rgandi.

Slide 1 of 2