Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат мәҳәлледе жойбары
янв.21
ҚУЎАНЫШ ҲӘМ МЕҲИР ҮЛЕСЕЙИК" АКЦИЯСЫ
янв.21
Депутат мәҳәлледе жойбары
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
PREZIDENT MÚRÁJATNAMASÍ – NÁTIYJELI REFORMALAR HÁM ALDAǴÍ REJELER
янв.21
PREZIDENT MÚRÁJATNAMASÍ – NÁTIYJELI REFORMALAR HÁM ALDAǴÍ REJELER
янв.21
PREZIDENT MÚRÁJATNAMASÍ – NÁTIYJELI REFORMALAR HÁM ALDAǴÍ REJELER
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari va a’zolari Chimboy tumani hokimligi binosida bo‘lib, Xalq deputatlari Chimboy tumani Kengashi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Mehir háreketi”
янв.21
“Mehir háreketi”
Doimiy komissiya yig'ilish

Bugun Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining 8-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalarni dastlabki tarzda ko’rib chiqish maqsadida tuman Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Yig'ilishda Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Xolmurzayev, tuman saylov komissiyasi raisi S.Beknazarov, doimiy komissiya raisi Q.Bobojonov va doimiy komissiya a'zolari qatnashdilar.

Kun tartibida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

1.Xalq deputatlari tuman Kengashi ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risida.

2.Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi tomonidan Kengash so‘rovini, tuman Kengashi deputati tomonidan deputat so‘rovini yuborish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida. 

3.Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashi huzurida ekspert guruhi tashkil qilish to‘g‘risida.

4.Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi sessiyalarida hududiy davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining hisobot (axborot)larini eshitishning tartibini tasdiqlash.

5.Fuqarolar yig‘inlari raislari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga ko‘maklashish to‘g‘risidagi masalalar muhokama qilindi. Кun tartibidagi masalar bo'yicha doimiy komissiya qarorlari qabul qilindi.

Slide 1 of 4