Sessiya ishida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
1. Dehqonobod tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil
14-dekabrdagi “Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PQ-389-sonli qarorining ijrosi to‘g‘risida;
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-fevraldagi
“Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”dagi PQ-44-sonli qarori ijrosi
yuzasidan Dehqonobod tumanida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;
3. Dehqonobod tumanida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning
profilaktikasi holati bo‘yicha 2025-yilning 1-choragi davomida amalga
oshirilgan ishlar yuzasidan Dehqonobod tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining
hisobotini eshitish to‘g‘risida;
4. Dehqonobod tuman adliya bo‘limining norma ijodkorligi hamda
huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha axboroti to‘g‘risida;
5. 2025-yil 1-choragi davomida Dehqonobod tumani hokimligida jismoniy
hamda yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning natijadorligini
ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;
6. Dehqonobod tumanidagi barcha korxona va tashkilotlar yagona
idoralararo elektron tizim (edo.ijro.uz) orqali kelib tushgan O‘zbekiston
Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining
hujjatlari hamda topshiriqlarining ijro holati to‘g‘risida;
7. Tumanda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni
hamda davlat tiliga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi
to‘g‘risida
8. Boshqa masalalar.