Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
❗️ ШЫМБАЙ РАЙОНЫ ХДП: "ДЕПУТАТ ҲӘМ ЖАСЛАР" УШЫРАСЫЎЫ
янв.21
БИРГЕ ИСЛЕСИЎ МЕМОРАНДУМЫНА ҚОЛ ҚОЙЫЛДЫ
янв.21
SAPA HÁM BAHA - JÁMIYETSHILIK QADAǴALAWINDA
янв.21
DEPUTAT ÓZ SAYLAWShÍLARÍNA ESABAT BERDI
янв.21
❗️Шымбай районы ХДП: АКЦИЯ ШЕҢБЕРИНДЕ ХАЛЫҚТЫҢ МАШҚАЛАСЫ УНАМЛЫ ШЕШИЛЕТУҒЫН БОЛДЫ
янв.21
DEPUTAT ÓZ SAYLAWShÍLARÍNA ESABAT BERDI
янв.21
Шымбай районы ХДП: ДЕПУТАТЛАРДЫҢ ӨЗ САЙЛАЎШЫЛАРЫНА ЕСАБАТЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
DEPUTAT ÓZ SAYLAWShÍLARÍNA ESABAT BERDI
янв.21
Шымбай районы ХДП: ДЕПУТАТ ӨЗ САЙЛАЎШЫЛАРЫНА ЕСАБАТ БЕРДИ
Deputat va yoshlar uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi.

Deputat va yoshlar uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi 15-Toshhovuz saylov okrugidan saylangan deputat Dehqonova Fotima Payariq tumani 28-son musiqa maktabida yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Tadbirda hududimizning turli burchaklaridan kelgan yoshlar, o‘zlarining fikrlarini, muammolarini va tashabbuslarini deputatga Yetkazish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Uchrashuvda deputat, yoshlar salohiyatini rivojlantirish, ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, ish bilan ta'minlash va ijtimoiy himoya masalalariga alohida e'tibor qaratdi. Shuningdek, yoshlarning jamiyatdagi o‘rni, ularning faolligini oshirish va yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash zarurligi haqida so‘z yuritdi.

Yoshlar o‘z navbatida, deputatga o‘zi yashayotgan hududda muammolarni hal qilish, ta'lim va kasb-hunar sohasidagi imkoniyatlarni kengaytirish, shuningdek, ijtimoiy dasturlarni rivojlantirish masalalarida o‘z takliflarini bildirishdi. Uchrashuvda davomida deputat, yoshlarning g‘oyalarini tinglab, ularni amalga oshirishda yordam berishga tayyor ekanligini ta'kidladi.

Bu kabi uchrashuvlar, yoshlar va deputatlar o‘rtasida samarali muloqotning o‘rnatilishiga, jamiyatni rivojlantirishga va ijtimoiy masalalarni birgalikda hal qilishga xizmat qiladi. Tadbir so‘ngida deputat, yoshlarni faollikka chaqirgan holda, ularning orzulariga erishish yo‘lida qo‘llab-quvvatlashga va'da berdi.

Slide 1 of 2