Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Қәўипсиз бақша: Жумысшы топар тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелеринде үйрениў жумыслары даўам етпекте
янв.21
✅ Deputat sharwashılıq tarawında jańadan ámelge asırılıp atrǵan jumısları menen tanıstı
янв.21
Deputat sharwashılıq tarawında jańadan ámelge asırılıp atrǵan jumısları menen tanıstı
янв.21
Deputat PHAJ bólimi jumısları menen tanıstı
янв.21
Deputat Ádillik bólimi jumısları menen tanıstı
янв.21
Deputat awıl xojalıǵı tarawındaǵı jumıslarıdı úyrendi
янв.21
Депутат сайлаў округындағы социаллық объектлердиң гүз-қыс мәўсимине таярлық жағдайларын үйренди.
янв.21
Қәўипсиз бақша: Жумысшы топар тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилмекте
янв.21
Депутат сайлаў округындағы ҳаял-қызлардың мүрәжатлерин үйренди
янв.21
Кеңес баслығы "Шахтемир" МПЖ аймағы белсендилери менен ушырасты.
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati K.Narchayevga biriktirilgan O‘zbekiston Respublikasining “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqidagi Qonun ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur o‘rganish tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Muhammadiyev tomonidan Uchquduq tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limida amalga oshirildi.

📌 O‘rganishda tumanning o‘ziga xos hududiy xususiyatlari ham inobatga olindi. Jumladan, Uchquduq tumani cho‘l hududida joylashgani sababli qishloq xo‘jaligi faoliyati, avvalo, chorvachilik yo‘nalishiga ixtisoslashgan. Shu bois Qonun talablari asosida fermer xo‘jaliklarining chorvachilik faoliyatini samarali tashkil etishi, mavjud yaylov va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanishi, chorva mollarini ko‘paytirish hamda mahsuldorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, fermer xo‘jaliklarining qonunchilikda belgilangan huquq va majburiyatlari, ishlab chiqarish faoliyatini qonuniy asosda yuritishi, xo‘jalik faoliyatini rivojlantirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishi holati o‘rganildi.

📊 Bugungi kunda tumanda:
🔹 60 ta fermer xo‘jaligi;
🔹 24 ta qishloq xo‘jaligi korxonasi faoliyat yuritmoqda.

💼 2026-yil investitsiya loyihalari doirasida qishloq xo‘jaligi, xususan, chorvachilik yo‘nalishida 10 ta loyiha ishga tushirilgan bo‘lib, ular hisobiga 20 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

✅ O‘rganish yakunida Uchquduq tumanining cho‘l hududidagi imkoniyatlaridan kelib chiqib, chorvachilikni yanada rivojlantirish, fermer xo‘jaliklarining faoliyatini qonunchilik talablari asosida tashkil etish, mavjud yaylovlardan samarali foydalanish va yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Slide 1 of 4