Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Шымбайда ҳаял-қызлардың ҳуқықый саўатлылығын арттырыўға қаратылған ушырасыў болып өтти
янв.21
Deputat aymaqta gúzgi-qısqı máwsimge tayarlıq jumısların úyrendi.
янв.21
1-октябрь - "Муғаллимлер ҳәм устазлар күни"
янв.21
Deputat mektep pedagoglar menen ushırasıw ótkerdi
янв.21
Қәўипсиз бақша: Жумысшы топар тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилмекте
янв.21
УСТАЗ — КЕЛЕШЕКТИҢ ЖАРАТЫЎШЫСЫ
янв.21
Deputat balalar baqshasındaǵı ishimlik suwı támiynatın úyrendi
янв.21
Deputat mekteptegi oqıwshı qızlar menen sáwbetlesti
янв.21
Deputat aymaqtaǵı balalar baqshasında videobaqlaw kameralarınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat máhállede gúl jetistiriw jumısı menen tanıstı
Mahallada jinoyatchilik bo‘yicha holat tahlil qilindi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat E.Shokirov tomonidan tumanning “Xo‘jakent” mahallasi raisi A.Yusupov bilan mahalladagi jinoyatchilik bo‘yicha holat tahlil qilindi.

🔺Tahlil davomida mahallada sodir etilgan jinoyatlar holati atroflicha ko‘rib chiqilib, jinoyatchilikka olib kelishi mumkin bo‘lgan omillarga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, hududda qasddan badanga yengil tan jarohati yetkazish, oilaviy zo‘ravonlik va o‘g‘rilik bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilgani ko‘rsatib o‘tildi. Shuningdek, mahallada ikki marta firibgarlik jinoyati sodir etilgani tahlil jarayonida ko‘rib chiqildi.

🔺Sodir etilgan jinoyatlardan kelib chiqib, ularning takrorlanishining oldini olish, aholi o‘rtasida huquqiy madaniyat va hushyorlikni oshirish, jinoyat sodir etilishiga imkon beruvchi holatlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish muhimligi ta’kidlandi. Amaldagi yondashuvlarda ham mahallalarda kriminogen vaziyatni muntazam o‘rganish, huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda profilaktik ishlarni manzilli tashkil etishga e’tibor qaratilgan.

🔺Shu bilan birga, mahallada aholining xavfsizligini ta’minlash maqsadida kuzatuv kameralarini o‘rnatish masalasiga e’tibor qaratildi. Ayniqsa, jinoyat sodir bo‘lishi ehtimoli yuqori bo‘lgan joylar, ko‘cha va yo‘laklar, aholi gavjum hududlarni aniqlab, ularda videokuzatuv imkoniyatlarini kengaytirish zarurligi qayd etildi.

🔺Aholi o‘rtasida hushyorlikni oshirish, mol-mulk xavfsizligiga e’tiborli bo‘lish, notanish shaxslar bilan munosabatlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish, firibgarlik holatlariga aldanib qolmaslik hamda oilaviy nizolarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish va profilaktika ishlarini kuchaytirish tavsiya etildi.

Slide 1 of 1