Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Шымбайда ҳаял-қызлардың ҳуқықый саўатлылығын арттырыўға қаратылған ушырасыў болып өтти
янв.21
Deputat aymaqta gúzgi-qısqı máwsimge tayarlıq jumısların úyrendi.
янв.21
1-октябрь - "Муғаллимлер ҳәм устазлар күни"
янв.21
Deputat mektep pedagoglar menen ushırasıw ótkerdi
янв.21
Қәўипсиз бақша: Жумысшы топар тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилмекте
янв.21
УСТАЗ — КЕЛЕШЕКТИҢ ЖАРАТЫЎШЫСЫ
янв.21
Deputat balalar baqshasındaǵı ishimlik suwı támiynatın úyrendi
янв.21
Deputat aymaqtaǵı balalar baqshasında videobaqlaw kameralarınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat mekteptegi oqıwshı qızlar menen sáwbetlesti
янв.21
Deputat máhállede gúl jetistiriw jumısı menen tanıstı
Ekologiyani himoya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi F.Axmedov hamda kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tuman Ekologiya inspeksiyasining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish borasida olib borayotgan ishlari o‘rganildi.

🟢O‘rganish jarayonida taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Ekologiya inspeksiyasi tomonidan tumanda jami 631 ta ekologik qoidabuzarlik holati aniqlangan. Aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq ma’muriy jazo choralari qo‘llanilgan. Shuningdek, qonunbuzilish holatlarining ayrimlari bo‘yicha ishlarni qonuniy tartibda ko‘rib chiqish uchun 13 ta holat sudga oshirilgan. Bundan tashqari, 10 ta holat hozirda ko‘rib chiqish jarayonida ekani ma’lum qilindi.

🟢Deputat tomonidan inspeksiya xodimlari bilan muloqotda ekologik qonunbuzarliklarning oldini olish, aholi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🟢Ayniqsa, tumanning tabiiy resurslari va ekologik holatini asrash, chiqindilarni belgilangan tartibda boshqarish, yashil hududlarni muhofaza qilish, suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha nazorat tadbirlarini tizimli ravishda olib borish muhimligi ta’kidlandi.

🟢O‘rganish yakunida ekologik qonunbuzarliklarni barvaqt aniqlash bilan bir qatorda, ularning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlar samaradorligini oshirish, aholi bilan tushuntirish ishlarini kuchaytirish hamda ekologik talablarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini izchil davom ettirish zarurligi qayd etildi.

Slide 1 of 2