Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Шымбайда ҳаял-қызлардың ҳуқықый саўатлылығын арттырыўға қаратылған ушырасыў болып өтти
янв.21
Deputat aymaqta gúzgi-qısqı máwsimge tayarlıq jumısların úyrendi.
янв.21
1-октябрь - "Муғаллимлер ҳәм устазлар күни"
янв.21
Deputat mektep pedagoglar menen ushırasıw ótkerdi
янв.21
Қәўипсиз бақша: Жумысшы топар тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилмекте
янв.21
УСТАЗ — КЕЛЕШЕКТИҢ ЖАРАТЫЎШЫСЫ
янв.21
Deputat balalar baqshasındaǵı ishimlik suwı támiynatın úyrendi
янв.21
Deputat aymaqtaǵı balalar baqshasında videobaqlaw kameralarınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat mekteptegi oqıwshı qızlar menen sáwbetlesti
янв.21
Deputat máhállede gúl jetistiriw jumısı menen tanıstı
Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan tegishli ma'lumotlar taqdim etildi

#deputat_soʻrovi_javobi #Uchtepa_deputatlari #deputatlik_faoliyati

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi "22-Vatan" okrugi deputati Revtov Oleg Viktorovich tomonidan Uchtepa tumanidagi Vatan mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlari tashkil etilganligi, ushbu o‘rganishda hududdagi mavjud muammolar, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarining holati hamda aholini qiynayotgan muammolar bilan tanishilib, o‘rganish davomida hududda maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqilmayotgani natijasida ayrim joylarda chiqindilar to‘planib qolganligi aniqlangan.

💬 Mazkur holat mahalla hududining umumiy obodonlashtirish va sanitariya holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani, shuningdek, aholi hamda hududga tashrif buyuruvchilarning e’tirozlariga sabab bo‘layotganligi sababli hamda ekspertlar taklifini inobatga olib, Vatan mahallasiga mas’ul “Sentrion 24” hamda “Servis kommunal safiya” Kommunal xizmat uy joy boshqarish servis kompaniyalarining aholiga xizmat ko‘rsatishi talab darajasida emasligi, ko‘p qavatli uy-joylarni ta’mirlash yoki avariya holatlarida xizmat ko‘rsatish darajasining pastligi, hududda maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqilmayotganini inobatga olib deputatlik so'rovi yo'llangan edi.

📝 “Sentrion 24” hamda “Servis kommunal safiya” kommunal xizmat uy-joy boshqarish servis kompaniyalari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga Uchtepa tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nurali Ismatov tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

📩 Javobda ma’lum qilinishicha, ushbu kommunal xizmat uy joy boshqarish servis kompaniyalari xodimlarining shtatlar jadvali, moddiy-texnik bazasining inventarizatsiyasi, qaydlar daftaridagi aholi murojaatlarining tahliliy ma’lumotlari keltirilgan.

Slide 1 of 1