Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Шымбайда ҳаял-қызлардың ҳуқықый саўатлылығын арттырыўға қаратылған ушырасыў болып өтти
янв.21
Deputat aymaqta gúzgi-qısqı máwsimge tayarlıq jumısların úyrendi.
янв.21
1-октябрь - "Муғаллимлер ҳәм устазлар күни"
янв.21
Deputat mektep pedagoglar menen ushırasıw ótkerdi
янв.21
Қәўипсиз бақша: Жумысшы топар тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилмекте
янв.21
УСТАЗ — КЕЛЕШЕКТИҢ ЖАРАТЫЎШЫСЫ
янв.21
Deputat balalar baqshasındaǵı ishimlik suwı támiynatın úyrendi
янв.21
Deputat aymaqtaǵı balalar baqshasında videobaqlaw kameralarınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat mekteptegi oqıwshı qızlar menen sáwbetlesti
янв.21
Deputat máhállede gúl jetistiriw jumısı menen tanıstı
“Yangi obod” mahallasida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati G.Payg‘amova tomonidan “Yangi obod” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy xodim M.Toshnazarovaning faoliyati hamda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktyabrdagi O‘RQ-641-sonli “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘tkazilgan uchrashuv va o‘rganish ishlarida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi bosh mutaxassislari A.Adxamov va X.Abdullayev tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

O‘rganish davomida mahalla ijtimoiy xodimi M.Toshnazarova tomonidan qonun ijrosini ta’minlash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish hamda aholiga ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning o‘tgan davrida “Yangi obod” mahallasida 119 ta oilaga jami 88 million 168 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechaklar yetkazib berilgan.

Shuningdek, 2 nafar fuqaroga bepul davolanish uchun yo‘llanma ajratilgan hamda 2 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaroning uy-joyi ta’mirlab berilgan.

O‘rganish davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, salomatligini mustahkamlash, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4