Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Шымбайда ҳаял-қызлардың ҳуқықый саўатлылығын арттырыўға қаратылған ушырасыў болып өтти
янв.21
Deputat aymaqta gúzgi-qısqı máwsimge tayarlıq jumısların úyrendi.
янв.21
1-октябрь - "Муғаллимлер ҳәм устазлар күни"
янв.21
Deputat mektep pedagoglar menen ushırasıw ótkerdi
янв.21
Қәўипсиз бақша: Жумысшы топар тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилмекте
янв.21
УСТАЗ — КЕЛЕШЕКТИҢ ЖАРАТЫЎШЫСЫ
янв.21
Deputat balalar baqshasındaǵı ishimlik suwı támiynatın úyrendi
янв.21
Deputat mekteptegi oqıwshı qızlar menen sáwbetlesti
янв.21
Deputat aymaqtaǵı balalar baqshasında videobaqlaw kameralarınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat máhállede gúl jetistiriw jumısı menen tanıstı
“Yangi obod” mahallasida tadbirkorlik va bandlik masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati G.Payg‘amova tomonidan “Yangi obod” mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-sonli “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi hamda 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla hokim yordamchisi M.Muhammedov tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning o‘tgan davrida 21 nafar fuqaroga jami 209 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilishiga ko‘maklashilgan.

Shuningdek, mahallada 21 ta mikroloyiha ishga tushirilgani va ushbu loyihalar orqali aholi uchun yangi daromad manbalari hamda bandlik imkoniyatlari yaratilgani qayd etildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida 22 nafar fuqaroning bandligini ta’minlashga ko‘maklashilgan. Shu bilan birga:

20 ta kam ta’minlangan oila “Kambag‘allik reyestri”dan chiqarilgan;

2 nafar fuqaroga ssuda ajratilgan;

8 nafar fuqaro bepul kasb-hunarga o‘qishga yo‘naltirilgan;

2 nafar kam ta’minlangan fuqaroning uy-joyi ta’mirlab berilgan.

O‘rganish jarayonida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadlarini oshirish hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

️Mazkur uchrashuv va o‘rganish ishlarini tashkil etishda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi bosh mutaxassislari A.Adxamov va X.Abdullayev tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4