Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Шымбайда ҳаял-қызлардың ҳуқықый саўатлылығын арттырыўға қаратылған ушырасыў болып өтти
янв.21
Deputat aymaqta gúzgi-qısqı máwsimge tayarlıq jumısların úyrendi.
янв.21
1-октябрь - "Муғаллимлер ҳәм устазлар күни"
янв.21
Deputat mektep pedagoglar menen ushırasıw ótkerdi
янв.21
Қәўипсиз бақша: Жумысшы топар тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилмекте
янв.21
УСТАЗ — КЕЛЕШЕКТИҢ ЖАРАТЫЎШЫСЫ
янв.21
Deputat balalar baqshasındaǵı ishimlik suwı támiynatın úyrendi
янв.21
Deputat aymaqtaǵı balalar baqshasında videobaqlaw kameralarınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat mekteptegi oqıwshı qızlar menen sáwbetlesti
янв.21
Deputat máhállede gúl jetistiriw jumısı menen tanıstı
OLIY MAJLIS SENATINING YIGIRMANCHI YALPI MAJLISI O‘Z ISHINI BOSHLADI

#yalpi_majlis_20 #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🇺🇿 OLIY MAJLIS SENATINING YIGIRMANCHI YALPI MAJLISI O‘Z ISHINI BOSHLADI

🏛 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bormoqda.

🔺 Majlisda senatorlar, Hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar vakillari, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi hamda Toshkent shahar Kengashi deputatlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqda. Yalpi majlis kun tartibidan mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash hamda bolalar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qator muhim qonunlar o‘rin olgan.

📉 Jumladan, senatorlar “Oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunni ko‘rib chiqib, aholini xavfsiz va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, sohada davlat nazoratini takomillashtirish hamda mahsulotlar raqobatbardoshligi va eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan normalarni muhokama qildi.

⚖️ Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun muhokama qilindi. Unda fuqarolar va yuridik shaxslarning konstitutsiyaviy odil sudlovga erishish imkoniyatlarini kengaytirish, sud faoliyatiga raqamli texnologiyalarni joriy etish, murojaatlarni ko‘rib chiqish hamda Konstitutsiyaviy sud qarorlarining ijro mexanizmlarini kuchaytirish nazarda tutilgan.

📋 Yalpi majlisda bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan Qonun ham atroflicha muhokama qilindi. Unda voyaga yetmaganlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga nisbatan sodir etiladigan zo‘ravonlik uchun javobgarlikni kuchaytirish hamda sud-tergov jarayonlarida bolalarning protsessual himoyasini yanada mustahkamlashga qaratilgan normalar belgilangan.

✅ Muhokamalar yakunida mazkur qonunlar Senat a’zolari tomonidan ma’qullandi. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi va deputatlarining yalpi majlisdagi ishtiroki Senat hamda mahalliy Kengashlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, qabul qilinayotgan qonunlarning hududlardagi ijrosi va amaliy ahamiyati yuzasidan fikr almashish uchun muhim muloqot maydoni bo‘lib xizmat qilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 7