Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Қәўипсиз бақша: Жумысшы топар тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелеринде үйрениў жумыслары даўам етпекте
янв.21
✅ Deputat sharwashılıq tarawında jańadan ámelge asırılıp atrǵan jumısları menen tanıstı
янв.21
Deputat sharwashılıq tarawında jańadan ámelge asırılıp atrǵan jumısları menen tanıstı
янв.21
Deputat PHAJ bólimi jumısları menen tanıstı
янв.21
Deputat Ádillik bólimi jumısları menen tanıstı
янв.21
Deputat awıl xojalıǵı tarawındaǵı jumıslarıdı úyrendi
янв.21
Депутат сайлаў округындағы социаллық объектлердиң гүз-қыс мәўсимине таярлық жағдайларын үйренди.
янв.21
Қәўипсиз бақша: Жумысшы топар тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилмекте
янв.21
Депутат сайлаў округындағы ҳаял-қызлардың мүрәжатлерин үйренди
янв.21
Кеңес баслығы "Шахтемир" МПЖ аймағы белсендилери менен ушырасты.
523-SON QAROR IJROSINI O‘RGANISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH TASHKIL ETILDI

23-SON QAROR IJROSINI O‘RGANISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH TASHKIL ETILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 523-son qarori ijrosini o‘rganish maqsadida ishchi guruh tashkil etildi.
📌 Ishchi guruh tomonidan tumandagi umumta’lim muassasalarida kam ta’minlangan oilalar farzandlarining kuni uzaytirilgan guruhlarda ta’lim olishi va ularni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash holati o‘rganiladi.

O‘rganish jarayonida:
▫️ kam ta’minlangan oilalar farzandlarini aniqlash va ro‘yxatga olish;
▫️ kuni uzaytirilgan guruhlarga qatnayotgan bolalar soni;
▫️ tasdiqlangan ro‘yxatlar va ota-onalar bilan tuzilgan shartnomalar;
▫️ to‘lovlarning belgilangan tartibda va o‘z vaqtida amalga oshirilishi;
▫️ bolalarning davomat holati;
▫️ ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi;
▫️ mavjud muammo va kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish choralari
maktablar kesimida o‘rganiladi.
📋 Aniqlangan holatlar tahlil qilinib, qaror ijrosini yanada ta’minlash, kam ta’minlangan oilalar farzandlariga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy ko‘makning manzilliligini oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
🎯 Deputatlik nazorati — belgilangan ijtimoiy kafolatlarning amalda ta’minlanishiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1