Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Шымбайда ҳаял-қызлардың ҳуқықый саўатлылығын арттырыўға қаратылған ушырасыў болып өтти
янв.21
Deputat aymaqta gúzgi-qısqı máwsimge tayarlıq jumısların úyrendi.
янв.21
1-октябрь - "Муғаллимлер ҳәм устазлар күни"
янв.21
Deputat mektep pedagoglar menen ushırasıw ótkerdi
янв.21
Қәўипсиз бақша: Жумысшы топар тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилмекте
янв.21
УСТАЗ — КЕЛЕШЕКТИҢ ЖАРАТЫЎШЫСЫ
янв.21
Deputat balalar baqshasındaǵı ishimlik suwı támiynatın úyrendi
янв.21
Deputat mekteptegi oqıwshı qızlar menen sáwbetlesti
янв.21
Deputat aymaqtaǵı balalar baqshasında videobaqlaw kameralarınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat máhállede gúl jetistiriw jumısı menen tanıstı
O‘zbekiston–Belarus parlamentlararo forumida Toshkent shahar Kengashi vakili ishtirok etmoqda

#UzbekistanBelarus #Khiva2026 #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️O‘zbekiston–Belarus parlamentlararo forumida Toshkent shahar Kengashi vakili ishtirok etmoqda

🏛 Ko‘hna va betakror Xiva shahrida «Strategik sheriklik: parlamentlararo muloqotni rivojlantirish, yangi vazifalar va hamkorlik istiqbollari» mavzusida To‘rtinchi O‘zbekiston–Belarus parlamentlararo forumi bo‘lib o‘tmoqda.

🔺 Mazkur nufuzli xalqaro anjumanda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Davronbek Ravshanbekov ham ishtirok etmoqda. Forumda O‘zbekiston va Belarus parlamentlari palatalari a’zolari, davlat va mahalliy vakillik organlari, vazirlik va idoralar, oliy ta’lim muassasalari, yoshlar parlamentlari hamda ishbilarmon doiralar vakillari qatnashmoqda.

🤝 Tadbirning asosiy maqsadi ikki davlat o‘rtasidagi parlamentlararo muloqotni yanada rivojlantirish, o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilash hamda sheriklik aloqalarini mustahkamlashdan iborat. Forum doirasida ikki mamlakat mahalliy vakillik organlari o‘rtasida uchrashuvlar o‘tkazilishi, hududlararo hamkorlikni rivojlantirish va o‘zaro tajriba almashish masalalari muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.

📋 Shuningdek, Xiva shahrida O‘zbekiston va Belarus tadbirkor ayollarining to‘rtinchi biznes-forumi ham tashkil etildi. Uning doirasida sanoat kooperatsiyasi, qo‘shma investitsiyalar, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, agrosanoat majmuasi, oziq-ovqat xavfsizligi, biotexnologiyalar, turizm hamda ijtimoiy-gumanitar sohalardagi hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqilmoqda.

📁 Forum doirasidagi «O‘zbekiston va Belarus: sanoat kooperatsiyasi, qo‘shma investitsiyalar, mehnat salohiyatini ro‘yobga chiqarish» mavzusidagi birinchi sho‘ba yig‘ilishida hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, qo‘shma korxonalar tashkil qilish hamda tadbirkor ayollarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir doirasida «Made in Uzbekistan» va «Made in Belarus» brendlari ostidagi milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi ham namoyish etilmoqda.

📉 Ikki kun davom etadigan forum yakunida Xiva deklaratsiyasini qabul qilish, shuningdek, tijorat shartnomalari, hamkorlik bitimlari va memorandumlarni imzolash rejalashtirilgan.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 9