Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tiyisli taraw shólkem wákilleri menen birgelikte xalıq penen ushırasıw ótkerdi....
янв.21
Prezident saparı — rawajlanıwdıń hám reformalardıń jańa basqıshı
янв.21
Máhálle jetiligi menen ushırasıw ótkerilip, xalıq mashqalaları dodalandı....
янв.21
Sociallıq obektlerdiń gúz-qıs máwsimine tayarlıq jumısları úyrenildi....
янв.21
ӨзХДП 35 жаста: Шымбайда үш әўлад ушырасыўы болып өтти!
янв.21
Rayon hákimi hám deputat mektepke taza ishimlik suwın tartıw joybarların kórip shıqtı
янв.21
Deputat taza ishimlik suwın filtrlew úskenesi jumısı menen tanıstı
янв.21
Ekologiya partiyası deputatları paxta terimi mapazında belsene qatnastı
янв.21
Дийқанларымыздың жыл бойы еткен мийнетин бир айда зая етпей жыйнап алыў зәрүр!
янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O‘zLiDeP partiyasidan 15-Istiqlol saylov okrugidan saylangan deputat Olimjon Dadajonov tomonidan Nafis MFYda hokim yordamchisi Begzod Shobekov tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida mahallada fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish, ularni tadbirkorlikka jalb etish hamda imtiyozli moliyaviy ko‘maklardan foydalanish imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
📊 Jumladan:
🔹 “Oilaviy tadbirkorlik” dasturi doirasida 12 nafar fuqaroga imtiyozli kredit ajratilgan;
🔹 “Biznesga birinchi qadam” dasturi doirasida 6 nafar fuqaroga imtiyozli kredit berilgan;
🔹 “Mahalla doirasi” dasturi orqali 3 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun imtiyozli kredit ajratilgan;
🔹 Kambag‘allik reyestriga kiritilgan 4 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida imtiyozli kredit berilgan;
🔹 6 nafar fuqaroga ssuda asosida amaliy ko‘mak ko‘rsatilgan.
📈 Amalga oshirilgan ishlar natijasida mahallada kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ham muayyan natijalarga erishilgan. Yil boshida kambag‘allik reyestrida 35 ta oila mavjud bo‘lgan bo‘lsa, ayni vaqtda ushbu ko‘rsatkich 26 ta oilani tashkil etmoqda.
💼 Shuningdek, 126 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangan, 7 ta oila esa daromadlari oshgani sababli kambag‘allik reyestridan chiqarilgan.
✅ O‘rganish yakunida aholi bandligini ta’minlash, xonadonlarning daromad manbalarini ko‘paytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirishga e’tibor qaratildi.
🌱 Mahallalarda aholi bilan manzilli ishlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish kambag‘allikni qisqartirishning muhim omillaridan biridir.