Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tiyisli taraw shólkem wákilleri menen birgelikte xalıq penen ushırasıw ótkerdi....
янв.21
Prezident saparı — rawajlanıwdıń hám reformalardıń jańa basqıshı
янв.21
Máhálle jetiligi menen ushırasıw ótkerilip, xalıq mashqalaları dodalandı....
янв.21
Sociallıq obektlerdiń gúz-qıs máwsimine tayarlıq jumısları úyrenildi....
янв.21
ӨзХДП 35 жаста: Шымбайда үш әўлад ушырасыўы болып өтти!
янв.21
Rayon hákimi hám deputat mektepke taza ishimlik suwın tartıw joybarların kórip shıqtı
янв.21
Ekologiya partiyası deputatları paxta terimi mapazında belsene qatnastı
янв.21
Deputat taza ishimlik suwın filtrlew úskenesi jumısı menen tanıstı
янв.21
Дийқанларымыздың жыл бойы еткен мийнетин бир айда зая етпей жыйнап алыў зәрүр!
янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
#24_ta_masala #Deputat_daftar

Tadbir davomida Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 24-“Chinor” saylov okrugidan saylangan deputat Mavlyanov Otabek Rustamovichning saylov okrugi hududidagi “Zardaqul” mahallasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi doirasida aholi murojaatlarini o‘rganish, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni joyida aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlash maqsadida deputatlar tomonidan o‘rganish tadbirlari amalga oshirildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi Turdiyev Akrom Abdimuratovich, tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov, tuman Kengashi deputati Yu.Hakimov hamda kotibiyatning bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar tomonidan saylov okrugidagi ko‘chalarga tashrif buyurilib, fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha tahlil qilinib, ularni hal etish imkoniyatlari va mas’ul tashkilotlarning vakolatlari belgilab olindi.

Aniqlangan muammolarni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish, ularning ijrosini ta’minlash hamda natijadorligini nazorat qilish maqsadida tegishli tashkilot va idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborish bo‘yicha kelishib olindi.

Shuningdek, fuqarolar bilan ochiq muloqot davomida hududdagi ijtimoiy va infratuzilmaga oid masalalar yuzasidan takliflar ham tinglandi.

📌 Bunday amaliy o‘rganishlar aholini qiynayotgan muammolarni bevosita xonadonbay o‘rganish, fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda muammolarga amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🤝 Deputat va aholi o‘rtasidagi bevosita muloqot — mavjud muammolarni aniqlash va ularni samarali hal etishning muhim omilidir.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 7