Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tiyisli taraw shólkem wákilleri menen birgelikte xalıq penen ushırasıw ótkerdi....
янв.21
Prezident saparı — rawajlanıwdıń hám reformalardıń jańa basqıshı
янв.21
Máhálle jetiligi menen ushırasıw ótkerilip, xalıq mashqalaları dodalandı....
янв.21
Sociallıq obektlerdiń gúz-qıs máwsimine tayarlıq jumısları úyrenildi....
янв.21
ӨзХДП 35 жаста: Шымбайда үш әўлад ушырасыўы болып өтти!
янв.21
Rayon hákimi hám deputat mektepke taza ishimlik suwın tartıw joybarların kórip shıqtı
янв.21
Ekologiya partiyası deputatları paxta terimi mapazında belsene qatnastı
янв.21
Deputat taza ishimlik suwın filtrlew úskenesi jumısı menen tanıstı
янв.21
Дийқанларымыздың жыл бойы еткен мийнетин бир айда зая етпей жыйнап алыў зәрүр!
янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
Terak tagi mahallasida elektr ta’minoti muammosi joyida o‘rganildi

Mahalliy Kengash deputatlarining hududlarda mavjud muammolarni aniqlash, ularning qonuniy yechimini ta’minlash hamda aholi murojaatlarini joyida o‘rganish borasidagi deputatlik nazorati ishlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 20-Terak tagi saylov okrugida navbatdagi o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida Terak tagi mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq mavjud muammo deputatlar va mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida bevosita joyiga chiqib ko‘rib chiqildi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda bosh mutaxassis Z.Yakubova elektr ta’minoti korxonasi mutaxassislari bilan birgalikda hududdagi vaziyatni o‘rgandi, mavjud muammoning sabablari va uni bartaraf etish imkoniyatlari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Jarayon davomida elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi O‘RQ–940-son “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonuni talablari ijrosiga ham e’tibor qaratildi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga tegishli vazifalar belgilab berilib, masala deputatlik nazoratiga olindi.

Bunday o‘rganishlar hududlarda aholini qiynayotgan muammolarni bevosita joyida aniqlash, mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda ularning yechimini izlash va qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 6