Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Шымбайда ҳаял-қызлардың ҳуқықый саўатлылығын арттырыўға қаратылған ушырасыў болып өтти
янв.21
Deputat aymaqta gúzgi-qısqı máwsimge tayarlıq jumısların úyrendi.
янв.21
1-октябрь - "Муғаллимлер ҳәм устазлар күни"
янв.21
Deputat mektep pedagoglar menen ushırasıw ótkerdi
янв.21
Қәўипсиз бақша: Жумысшы топар тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилмекте
янв.21
УСТАЗ — КЕЛЕШЕКТИҢ ЖАРАТЫЎШЫСЫ
янв.21
Deputat balalar baqshasındaǵı ishimlik suwı támiynatın úyrendi
янв.21
Deputat aymaqtaǵı balalar baqshasında videobaqlaw kameralarınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat mekteptegi oqıwshı qızlar menen sáwbetlesti
янв.21
Deputat máhállede gúl jetistiriw jumısı menen tanıstı
Ichki yo‘lning holat o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Abdixayomova tomonidan tumanning “Markaziy” mahallasidagi Ibn Sino ko‘chasi ichki yo‘lining holati mahalla raisi ishtirokida o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida mazkur ichki yo‘lning aholi uchun muhim qatnov yo‘nalishlaridan biri ekani, kundalik hayotda fuqarolar tomonidan muntazam foydalanilishi inobatga olindi. Yo‘lning ayrim qismlarida asfalt qoplamasi bilan bog‘liq muammolar mavjudligi, ayniqsa, yog‘ingarchilik mavsumida aholi uchun qo‘shimcha noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkinligi qayd etildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashining mart oyidagi tegishli qarori bilan mazkur ichki yo‘lning 250 metr qismida asfaltlashtirish ishlari amalga oshirilishi belgilangan. Biroq qaror qabul qilinganidan buyon qariyb 6 oy vaqt o‘tganiga qaramasdan, belgilangan yo‘l qismini asfaltlashtirish ishlari boshlanmagani aniqlandi.

🔺Bu holat yuzasidan mahalla aholisi ham o‘z noroziligini bildirib, yo‘lni ta’mirlash ishlari kechikayotganidan xavotir bildirgan. Ayniqsa, kuzgi yog‘ingarchiliklar boshlanishi bilan yo‘lning mavjud holati yanada murakkablashishi, aholining harakatlanishi uchun noqulayliklar yuzaga kelishi mumkinligi ta’kidlandi.

🔺Deputat tomonidan Kengash qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi zarurligi qayd etilib, yog‘ingarchilik mavsumi boshlanishmasdan asfaltlashtirish ishlarini amalga oshirish choralarini ko‘rish zarurligi ta’kidlandi. Mazkur holat bo‘yicha mas’ullarga deputat so‘rovi chiqarilishi belgilandi.

Slide 1 of 1