Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Шымбайда ҳаял-қызлардың ҳуқықый саўатлылығын арттырыўға қаратылған ушырасыў болып өтти
янв.21
Deputat aymaqta gúzgi-qısqı máwsimge tayarlıq jumısların úyrendi.
янв.21
1-октябрь - "Муғаллимлер ҳәм устазлар күни"
янв.21
Deputat mektep pedagoglar menen ushırasıw ótkerdi
янв.21
Қәўипсиз бақша: Жумысшы топар тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилмекте
янв.21
УСТАЗ — КЕЛЕШЕКТИҢ ЖАРАТЫЎШЫСЫ
янв.21
Deputat balalar baqshasındaǵı ishimlik suwı támiynatın úyrendi
янв.21
Deputat mekteptegi oqıwshı qızlar menen sáwbetlesti
янв.21
Deputat aymaqtaǵı balalar baqshasında videobaqlaw kameralarınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat máhállede gúl jetistiriw jumısı menen tanıstı
DEPUTAT SO‘ROVI: 7-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDAGI MUAMMOLAR NAZORATGA OLINDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati tomonidan Qatortol mahallasida joylashgan 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasi hududidagi mavjud infratuzilma muammolari o‘rganilgan edi.

O‘rganish davomida ichki yo‘laklar va asfalt qoplamalarining shikastlangani, bordyurlar buzilgani hamda kirish qismidagi zinapoya va yo‘laklarning ta’mirtalab holatda ekani aniqlangandi.

📝 ANIQLANGAN MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI!

Mazkur masalalar yuzasidan Chilonzor tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari K.K. Xamrayevga deputat so‘rovi yo‘llandi.

Deputat so‘rovida quyidagi masalalar bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘raldi:

🔹 Ichki yo‘laklar va asfalt qoplamalarini ta’mirlash;

🔹 Shikastlangan bordyurlarni tiklash;

🔹 Kirish qismidagi zinapoya va yo‘laklarni ta’mirlash;

🔹 Tarbiyalanuvchilar va ota-onalar uchun xavfsiz hamda to‘siqlarsiz harakatlanish muhitini yaratish.

📌 Deputat so‘rovi orqali muammolar mas’ul tashkilotlar e’tiboriga yetkazilib, ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish so‘raldi.

Deputatlik nazorati doirasida mazkur masala yuzasidan ko‘rilgan choralar va natijalar nazoratga olinadi.