Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Шымбайда ҳаял-қызлардың ҳуқықый саўатлылығын арттырыўға қаратылған ушырасыў болып өтти
янв.21
Deputat aymaqta gúzgi-qısqı máwsimge tayarlıq jumısların úyrendi.
янв.21
1-октябрь - "Муғаллимлер ҳәм устазлар күни"
янв.21
Deputat mektep pedagoglar menen ushırasıw ótkerdi
янв.21
Қәўипсиз бақша: Жумысшы топар тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилмекте
янв.21
УСТАЗ — КЕЛЕШЕКТИҢ ЖАРАТЫЎШЫСЫ
янв.21
Deputat balalar baqshasındaǵı ishimlik suwı támiynatın úyrendi
янв.21
Deputat mekteptegi oqıwshı qızlar menen sáwbetlesti
янв.21
Deputat aymaqtaǵı balalar baqshasında videobaqlaw kameralarınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat máhállede gúl jetistiriw jumısı menen tanıstı
"Namuna" mahallasida aholi daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi!
Termiz shahrida aholi bandligini ta’minlash, oilalarning barqaror daromad manbalarini shakllantirish hamda ehtiyojmand qatlamni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash borasidagi tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar Kengashning 25-“Kokildorota” saylov okrugi deputati M.Sidiqova okrugiga qarashli “Namuna” mahallasida bo‘lib, aholi bandligini oshirish, yangi daromad manbalarini yaratish, ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish va kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Suhbat davomida “Namuna” mahallasi kesimida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik ko‘rsatkichlarini tubdan yaxshilash bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlar belgilab olindi:

• "Xonadonbay" tahlil va reyestrlar: Mahalladagi ishsiz, kam daromadli va ehtiyojmand oilalarning haqiqiy ahvolini xonadonbay o‘rganish va ularni kambag‘allikdan chiqarishning individual rejalarini yangilash;

• Muvaffaqiyatli ishga joylashtirish: Vaqtincha ishsiz bo‘lgan fuqarolarni, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni hududdagi va shahardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga manzilli yo‘naltirish;

• Yangi daromad manbalari va tadbirkorlik: Hokim yordamchisi ko‘magida fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratilishini jadallashtirish;

• "Yettilik" faolligini oshirish: Mahalla mas’ullarining "xonadonbay" ishlash tizimidagi mas’uliyatini yanada kuchaytirish.

Suhbat yakunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, aniqlangan muammolar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlarini yuborish va ijrosini qat'iy nazorat qilish kelishib olindi.