Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 14-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat F. Islomova tomonidan Katta Nayman mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida aholi xonadonlarida issiq va sovuq suv ta’minoti, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz bilan bog‘liq masalalar holati ko‘zdan kechirildi.
Xonadonma-xonadon o‘rganish jarayonida fuqarolarning kundalik hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatayotgan muammolar, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tinglandi.
Aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash hamda muammolar ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.