Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Шымбайда ҳаял-қызлардың ҳуқықый саўатлылығын арттырыўға қаратылған ушырасыў болып өтти
янв.21
Deputat aymaqta gúzgi-qısqı máwsimge tayarlıq jumısların úyrendi.
янв.21
1-октябрь - "Муғаллимлер ҳәм устазлар күни"
янв.21
Deputat mektep pedagoglar menen ushırasıw ótkerdi
янв.21
Қәўипсиз бақша: Жумысшы топар тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилмекте
янв.21
УСТАЗ — КЕЛЕШЕКТИҢ ЖАРАТЫЎШЫСЫ
янв.21
Deputat balalar baqshasındaǵı ishimlik suwı támiynatın úyrendi
янв.21
Deputat mekteptegi oqıwshı qızlar menen sáwbetlesti
янв.21
Deputat aymaqtaǵı balalar baqshasında videobaqlaw kameralarınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat máhállede gúl jetistiriw jumısı menen tanıstı
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Azmetov tomonidan tumanning “S.Xondayliqiy” mahallasida joylashgan 10-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

🔺O‘rganish davomida ta’lim muassasasida o‘quvchilar va pedagoglar uchun kuz-qish mavsumida zarur sharoitlarni ta’minlash, isitish tizimining texnik holati hamda yoqilg‘i zaxirasining yaratilganligiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, maktabning qozonxonasi ko‘zdan kechirilib, uning texnik holati soz ekani aniqlandi. Isitish tizimi ham ishchi holatda bo‘lib, sovuq kunlarda maktab xonalarini belgilangan me’yorlarda isitish imkoniyati mavjudligi qayd etildi.

🔺Shuningdek, kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yoqilg‘i masalasi ham o‘rganildi. Maktabda mavsum davomida foydalanish uchun zarur miqdorda ko‘mir zaxirasi yaratilgani ma’lum bo‘ldi. O‘rganish jarayonida qozonxona va isitish tizimining mavsum davomida uzluksiz ishlashini ta’minlash, mavjud jihozlarni muntazam nazorat qilish hamda zarur hollarda profilaktik-texnik ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

🔺Deputat tomonidan maktab ma’muriyati bilan suhbatlashilib, kuz-qish mavsumi davomida ta’lim jarayonini uzluksiz tashkil etish, o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Slide 1 of 3