Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Шымбайда ҳаял-қызлардың ҳуқықый саўатлылығын арттырыўға қаратылған ушырасыў болып өтти
янв.21
Deputat aymaqta gúzgi-qısqı máwsimge tayarlıq jumısların úyrendi.
янв.21
1-октябрь - "Муғаллимлер ҳәм устазлар күни"
янв.21
Deputat mektep pedagoglar menen ushırasıw ótkerdi
янв.21
Қәўипсиз бақша: Жумысшы топар тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилмекте
янв.21
УСТАЗ — КЕЛЕШЕКТИҢ ЖАРАТЫЎШЫСЫ
янв.21
Deputat balalar baqshasındaǵı ishimlik suwı támiynatın úyrendi
янв.21
Deputat mekteptegi oqıwshı qızlar menen sáwbetlesti
янв.21
Deputat aymaqtaǵı balalar baqshasında videobaqlaw kameralarınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat máhállede gúl jetistiriw jumısı menen tanıstı
Paxta hosilini nes-nobud qilmasdan yig‘ib olish – e’tiborda

Paxta hosilini nes-nobud qilmasdan yig‘ib olish – e’tiborda

✅Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov tomonidan Po‘loti mahallasida faoliyat yuritayotgan paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
✅Muloqot davomida joriy mavsumda yetishtirilgan paxta xomashyosini o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib-terib olish, hosilni nes-nobud qilmaslik hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅Fermerlar bilan suhbatda paxta hosilini yig‘ib-terib olish jarayonini uyushqoqlik bilan tashkil etish, terimni belgilangan muddatlarda yakunlash, hosilning dalada qolib ketishi va nobud bo‘lishining oldini olish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
✅Shuningdek, mavsum davomida fermer xo‘jaliklari duch kelayotgan muammolar tinglanib, ularni tegishli tartibda o‘rganish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.
✅Deputatlik nazorati doirasidagi bunday uchrashuvlar hududda qishloq xo‘jaligi ishlarini samarali tashkil etish, fermerlarning muammolarini o‘rganish hamda yetishtirilgan hosilni to‘liq saqlab qolishga qaratilgan.

Slide 1 of 4