35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shımbay rayonında sociallıq qorǵawǵa mútáj xayal-qızlar menen ushırasıw ótkerildi
янв.21
Deputat rayondaǵı kómir támiynatı kárxanasınıń 2026-2027-jıllar gúzgi-qısqı máwsimine tayarlıǵın úyrendi
янв.21
"Milliy tiklanish" demokratiyalıq partiyasınıń wákili Shımbay rayonında boldı.
янв.21
"Milliy tiklanish" demokratiyalıq partiyası Oraylıq Keńesiniń baslıǵı A.Qodirov "Qara úy" ustaxanasınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
ERKIN QARARQALPAQSTAN GAZETASI
янв.21
"SHIMBAY HAWAAZI" GAZETASI
янв.21
Ekologiya partiyasınıń jumıs rejeleri úyrenildi.
янв.21
Jaslar másláhát toparı kishi biznes joybarları menen tanıstı
янв.21
Deputat awır kategoriyadaǵı máhállede boldı
янв.21
Deputat Shımbay rayonındaǵı "Jańa Ózbekstan" kórinisindegi máhállelerdiń jumısı menen tanıstı
Tuman IIBda qonunchilik ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi

#Kengash_raisi_faoliyati #doimiy_komissiya_faoliyati #kunlik_ish_reja_ijrosi
#162_ta_Qonun_ijrosi #biriktirilgan_tashkilot #deputat_faoliyati

Tuman IIBda qonunchilik ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi J. Xudoyqulova hamda tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi B. Botayeva tomonidan tuman Ichki ishlar bo‘limida biriktirilgan tashkilot bilan ishlash yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish davomida tuman IIBda tegishli yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar, qonunchilik talablariga rioya etilishi hamda mavjud faoliyatning samaradorligi yuzasidan mas’ullardan ma’lumotlar olindi.

Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi” to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi 409-I-son Qonuni ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida o‘rganish olib borildi.

Jarayon davomida aniqlangan holatlar tahlil qilinib, qonunchilik talablarini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda ish samaradorligini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3