Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tiyisli taraw shólkem wákilleri menen birgelikte xalıq penen ushırasıw ótkerdi....
янв.21
Prezident saparı — rawajlanıwdıń hám reformalardıń jańa basqıshı
янв.21
Máhálle jetiligi menen ushırasıw ótkerilip, xalıq mashqalaları dodalandı....
янв.21
Sociallıq obektlerdiń gúz-qıs máwsimine tayarlıq jumısları úyrenildi....
янв.21
ӨзХДП 35 жаста: Шымбайда үш әўлад ушырасыўы болып өтти!
янв.21
Rayon hákimi hám deputat mektepke taza ishimlik suwın tartıw joybarların kórip shıqtı
янв.21
Deputat taza ishimlik suwın filtrlew úskenesi jumısı menen tanıstı
янв.21
Ekologiya partiyası deputatları paxta terimi mapazında belsene qatnastı
янв.21
Дийқанларымыздың жыл бойы еткен мийнетин бир айда зая етпей жыйнап алыў зәрүр!
янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
Guliston mahallasida aholi bandligi va tadbirkorlik masalalari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati tomonidan Marg‘ilon shahar 3-Guliston saylov okrugida joylashgan Guliston mahallasida aholi bandligi, tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratish borasidagi ishlar o‘rganildi.

Deputat o‘rganish jarayonida Guliston mahallasi hokim yordamchisi M.Mahmudov faoliyati bilan tanishdi. Mazkur jarayonda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova hamrohlik qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Guliston mahallasida 4150 nafar aholi istiqomat qiladi. Hududda 1471 ta xonadon va 1521 ta oila mavjud. Oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida 4 nafar fuqaroga kredit ajratilgan. Shuningdek, 25 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitilgan.

Mahallada yangi mikroloyihalarni tashkil etishga ham e’tibor qaratilmoqda. Hozirga qadar 18 ta mikroloyiha amalga oshirilib, ular orqali 40 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. 27 nafar fuqaro esa ishga joylashtirilgan.

O‘rganish davomida hududda tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan loyihalar ham ko‘zdan kechirildi. Jumladan, Mamatboyev Dilmurod tomonidan xususiy klinika qurilishi olib borilmoqda. Qurilish ishlarini 2026-yil yakuniga qadar tugatish va klinikani foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Deputat o‘rganish davomida mahallada yaratilgan ish o‘rinlarining barqarorligi, mikroloyihalarning amaliy samaradorligi, fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish va ularning bandligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratdi. Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 5