Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Шымбайда ҳаял-қызлардың ҳуқықый саўатлылығын арттырыўға қаратылған ушырасыў болып өтти
янв.21
Deputat aymaqta gúzgi-qısqı máwsimge tayarlıq jumısların úyrendi.
янв.21
1-октябрь - "Муғаллимлер ҳәм устазлар күни"
янв.21
Deputat mektep pedagoglar menen ushırasıw ótkerdi
янв.21
Қәўипсиз бақша: Жумысшы топар тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилмекте
янв.21
УСТАЗ — КЕЛЕШЕКТИҢ ЖАРАТЫЎШЫСЫ
янв.21
Deputat balalar baqshasındaǵı ishimlik suwı támiynatın úyrendi
янв.21
Deputat aymaqtaǵı balalar baqshasında videobaqlaw kameralarınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat mekteptegi oqıwshı qızlar menen sáwbetlesti
янв.21
Deputat máhállede gúl jetistiriw jumısı menen tanıstı
Maktabda o‘quvchilarning sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov tomonidan tumandagi 11-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud sport inshootlari hamda ularning sport anjomlari bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida maktabda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish uchun zarur sharoitlar yaratilgani qayd etildi. Xususan, ta’lim muassasasida sport zali mavjud bo‘lib, u o‘quvchilarning jismoniy tarbiya darslari va sport mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun zaruriy sport anjomlari bilan jihozlangan. Mavjud jihozlardan o‘quvchilarning sport mashg‘ulotlarida foydalanib kelinayotgani bilan birga, ularning ayrimlari biroz eskirgani aniqlandi.

🔺Shuningdek, maktab hududida o‘quvchilarning ochiq havoda sport bilan shug‘ullanishlari uchun mini-stadion ham mavjud. Ushbu sport maydonidan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari va turli sport tadbirlarini o‘tkazishda foydalanish imkoniyati mavjudligi qayd etildi. Maktabda sportning kuch talab qiluvchi turlariga qiziquvchi o‘quvchilar uchun og‘ir atletika, ya’ni shtanga ko‘tarish zali ham tashkil etilgan. Bu esa o‘quvchilarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning jismoniy tayyorgarligini yuksaltirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🔺O‘rganish yakunida deputat tomonidan maktabda sport bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, o‘quvchilarning sportga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, mavjud sport inshootlari va jihozlaridan samarali foydalanish, sport anjomlarining holatini muntazam nazorat qilish, eskirgan jihozlarni bosqichma-bosqich yangilash hamda o‘quvchilarni sport to‘garaklari va mashg‘ulotlariga yanada keng jalb etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4