35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

19¹-modda
🏛 EKSPERT GURUHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI


👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhining navbatdagi maslahat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

👤 Yig‘ilishni Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O.Tursunov olib bordi.

📋 Yig‘ilish davomida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining sessiyalarida qabul qilingan qarorlarning mazmun-mohiyati, ularning qonunchilik talablariga muvofiqligi hamda ijrosini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

⚖️ Shuningdek, qabul qilinayotgan qarorlarning huquqiy jihatdan asoslanganligi, amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi va hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishdagi ahamiyati yuzasidan ekspert guruhining fikr-mulohazalari tinglandi.

💬 Muhokamalar davomida qaror loyihalarini yanada takomillashtirish, ularning ijrosini samarali tashkil etish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

📌 Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli xulosalar shakllantirilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4