Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tiyisli taraw shólkem wákilleri menen birgelikte xalıq penen ushırasıw ótkerdi....
янв.21
Prezident saparı — rawajlanıwdıń hám reformalardıń jańa basqıshı
янв.21
Máhálle jetiligi menen ushırasıw ótkerilip, xalıq mashqalaları dodalandı....
янв.21
Sociallıq obektlerdiń gúz-qıs máwsimine tayarlıq jumısları úyrenildi....
янв.21
ӨзХДП 35 жаста: Шымбайда үш әўлад ушырасыўы болып өтти!
янв.21
Rayon hákimi hám deputat mektepke taza ishimlik suwın tartıw joybarların kórip shıqtı
янв.21
Ekologiya partiyası deputatları paxta terimi mapazında belsene qatnastı
янв.21
Deputat taza ishimlik suwın filtrlew úskenesi jumısı menen tanıstı
янв.21
Дийқанларымыздың жыл бойы еткен мийнетин бир айда зая етпей жыйнап алыў зәрүр!
янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati "Jayxun" mahallasida bandlikni oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi!
Davlatimiz rahbari raisligida aholi bandligini oshirish va kambag‘allikni tizimli qisqartirish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor va kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarni Termiz shahrida so‘zsiz ta’minlash borasidagi amaliy muloqotlar davom etmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengashning 4-“Bo‘ston” saylov okrugi deputati G.Abramatova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar okrug hududidagi “Jayxun” mahallasida bo‘lib, mahalla faollari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida Prezidentimiz tomonidan videoselektorda berilgan topshiriqlarni sifatli amalga oshirish bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlar belgilab olindi:

• "Xonadonbay" xatlov va reyestr tahlili: Mahalladagi ehtiyojmand, vaqtincha ishsiz va kam daromadli oilalarning haqiqiy holatini "xonadonbay" o‘rganish hamda "Ijtimoiy reyestr" tizimini doimiy yangilab borish;

• Bandlikni ta’minlash va kasb-hunar: Ishsiz fuqarolarni, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlarni hududdagi tadbirkorlik subyektlaridagi bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish, qisqa muddatli kasb-hunar hamda tadbirkorlik kurslariga yo‘naltirish;

• Moliyaviy ko‘mak va DXSh: Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida imtiyozli kredit va subsidiyalarni haqiqiy muhtoj va biznes g‘oyasi bor fuqarolarga maqsadli ajratish orqali ularni barqaror daromad manbai bilan ta’minlash;

• "Mahalla yettiligi" mas’uliyati: Kambag‘allikni qisqartirish borasida mahalla yoshlar yetakchisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodimning hamkorligini yanada kuchaytirish.

"Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan har bir topshiriqning mazmun-mohiyati xalqimizning roziligiga va inson qadrini ulug'lashga qaratilgan. "Jayxun" mahallasida birorta ham doimiy daromadsiz va ehtiyojmand oila qolmasligi uchun barcha kuch va imkoniyatlarimizni jipslashtiramiz. Faollarimiz va 'yettilik' a'zolari har bir xonadon dardi bilan yashashi lozim," — deya ta'kidladi deputat.

Yig‘ilish yakunida aniqlangan muammolar bo‘yicha individual (manzilli) "yo‘l xaritalari"ni ishlab chiqish hamda ushbu yo‘nalishdagi ishlarni jadallashtirish yuzasidan mahalla mas’ullariga tegishli ko‘rsatma va deputatlik tavsiyalari berildi.