Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Шымбайда ҳаял-қызлардың ҳуқықый саўатлылығын арттырыўға қаратылған ушырасыў болып өтти
янв.21
Deputat aymaqta gúzgi-qısqı máwsimge tayarlıq jumısların úyrendi.
янв.21
1-октябрь - "Муғаллимлер ҳәм устазлар күни"
янв.21
Deputat mektep pedagoglar menen ushırasıw ótkerdi
янв.21
Қәўипсиз бақша: Жумысшы топар тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилмекте
янв.21
УСТАЗ — КЕЛЕШЕКТИҢ ЖАРАТЫЎШЫСЫ
янв.21
Deputat balalar baqshasındaǵı ishimlik suwı támiynatın úyrendi
янв.21
Deputat aymaqtaǵı balalar baqshasında videobaqlaw kameralarınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat mekteptegi oqıwshı qızlar menen sáwbetlesti
янв.21
Deputat máhállede gúl jetistiriw jumısı menen tanıstı
Obod yurt mahallasida mahalla raisi faoliyati o‘rganildi

Obod yurt mahallasida mahalla raisi faoliyati o‘rganildi

📰Xalq deputatlari tuman Kengashiga 16-Obod yurt saylov okrugidan deputat X.Yo'ldoshevning saylov okrugidagi “Obod yurt” mahallasida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ergasheva tomonidan mahalla raisining faoliyati bilan tanishish va o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mahallada aholi bilan ishlash, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, hududdagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-son qarorida belgilangan vazifalar asosida mahalliy Kengash deputatlari va “mahalla yettiligi” o‘rtasidagi hamkorlikni samarali yo‘lga qo‘yish, mahalladagi muammolarni o‘rganish hamda ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralarni belgilash masalalari ko‘rib chiqildi.

Mazkur qarorga muvofiq, mahallalardagi muammolarni manzilli o‘rganish, aholi bilan muloqot qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularni mahalliy Kengashga taqdim etish muhim vazifalardan biri etib belgilangan.

O‘rganish yakunida mahallada aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi hamda ularning ijrosini nazorat qilish bo‘yicha kelishib olindi.