Sayyor qabulda tuman hokimi o‘rinbosarlari, tegishli bo‘lim va tashkilotlar mas’ullari, mahalla yettiligi vakillari hamda hudud aholisi ishtirok etdi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan turli yo‘nalishlardagi muammo va takliflar bildirildi.
Xususan:
🔹 yoshlar bandligini ta’minlash va ularni doimiy daromad manbaiga ega qilish;
🔹 oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kredit olish;
🔹 davolanish uchun amaliy yordam ko‘rsatish;
🔹 dorixona qurish maqsadida yer maydoni ajratish;
🔹 hududda piyodalar yo‘lakchasini barpo etish;
🔹 elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash;
Murojaatlarning har biri mas’ullar ishtirokida atroflicha o‘rganilib, fuqarolarga tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi