Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Шымбайда ҳаял-қызлардың ҳуқықый саўатлылығын арттырыўға қаратылған ушырасыў болып өтти
янв.21
Deputat aymaqta gúzgi-qısqı máwsimge tayarlıq jumısların úyrendi.
янв.21
1-октябрь - "Муғаллимлер ҳәм устазлар күни"
янв.21
Deputat mektep pedagoglar menen ushırasıw ótkerdi
янв.21
Қәўипсиз бақша: Жумысшы топар тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилмекте
янв.21
УСТАЗ — КЕЛЕШЕКТИҢ ЖАРАТЫЎШЫСЫ
янв.21
Deputat balalar baqshasındaǵı ishimlik suwı támiynatın úyrendi
янв.21
Deputat aymaqtaǵı balalar baqshasında videobaqlaw kameralarınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat mekteptegi oqıwshı qızlar menen sáwbetlesti
янв.21
Deputat máhállede gúl jetistiriw jumısı menen tanıstı
IPAKCHI MAHALLASIDAGI MUAMMO DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI


Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova hamda 2-Saxovat saylov okrugi deputati S.Azizov tomonidan mazkur saylov okrugi hududidagi Ipakchi mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida hududdagi ijtimoiy infratuzilma obyektlarining holati, mavjud muammolar hamda aholining murojaatlari bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida Ipakchi mahalla fuqarolar yig‘ini Bog‘chasaroy ko‘chasidagi umumiy foydalanishdagi ikki qavatli uyda istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun muhim bo‘lgan masala yuzasidan kamchiliklar aniqlandi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 8-iyundagi VII-27-42-11-168-K/26-son qaroriga muvofiq, mazkur hududdagi umumiy hojatxonani ta’mirlash uchun “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 120 million so‘m ajratilgan.

Biroq joyiga chiqib o‘rganish jarayonida ta’mirlash ishlari belgilangan muddatda amalga oshirilmagani ma’lum bo‘ldi. Qurilish-ta’mirlash ishlari 2026-yil iyul oyida bajarilishi rejalashtirilgan bo‘lsa-da, belgilangan muddat o‘tganiga qaramay, ishlar yakunlanmagan. Hatto o‘rganish kuni obyekt hududida qurilish ishlarini olib borayotgan ishchilar ham kuzatilmadi.

Mazkur holat, avvalo, aholining kundalik hayotiga bevosita ta’sir qiluvchi muammoni o‘z vaqtida hal etish, shuningdek, ajratilgan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanish masalasiga jiddiy yondashish zarurligini ko‘rsatmoqda.

Deputatlik nazorati doirasida ko‘chaboshilar va fuqarolar bilan suhbatlashilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi. Aholi uchun oddiydek ko‘ringan, biroq kundalik hayotda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu masalaning nega belgilangan muddatda hal etilmagani yuzasidan mas’ullardan aniq tushuntirish talab qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ul tashkilotlar oldiga ta’mirlash ishlarini zudlik bilan boshlash, ajratilgan 120 million so‘m mablag‘dan maqsadli va samarali foydalanish, shuningdek, ishlarni belgilangan talablar asosida sifatli yakunlash yuzasidan tegishli vazifalar qo‘yildi.

Mazkur masala deputatlik nazoratida qoladi. Ta’mirlash ishlarining borishi, bajarilish sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan monitoring ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 5