Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tiyisli taraw shólkem wákilleri menen birgelikte xalıq penen ushırasıw ótkerdi....
янв.21
Prezident saparı — rawajlanıwdıń hám reformalardıń jańa basqıshı
янв.21
Máhálle jetiligi menen ushırasıw ótkerilip, xalıq mashqalaları dodalandı....
янв.21
Sociallıq obektlerdiń gúz-qıs máwsimine tayarlıq jumısları úyrenildi....
янв.21
ӨзХДП 35 жаста: Шымбайда үш әўлад ушырасыўы болып өтти!
янв.21
Rayon hákimi hám deputat mektepke taza ishimlik suwın tartıw joybarların kórip shıqtı
янв.21
Deputat taza ishimlik suwın filtrlew úskenesi jumısı menen tanıstı
янв.21
Ekologiya partiyası deputatları paxta terimi mapazında belsene qatnastı
янв.21
Дийқанларымыздың жыл бойы еткен мийнетин бир айда зая етпей жыйнап алыў зәрүр!
янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
Oilaviy poliklinikada tibbiy xizmat sifati va raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov va O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Kamalov tomonlaridan tumanning “Tovoqsoy” mahallasida joylashgan 11-sonli oilaviy poliklinikada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, sog‘liqni saqlash tizimida raqamlashtirish jarayonlarining joriy etilishi hamda bemorlarga elektron retsept berish amaliyoti o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayoni, shifokor qabulini tashkil etish, bemorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish va tibbiy xizmatlarni zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tashkil etish holatiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, tibbiyot sohasida raqamlashtirish ishlarining amaldagi holati, elektron tizimlardan foydalanish, bemorlarga elektron retsept rasmiylashtirish va berish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

🔻Elektron retsept tizimi tibbiy xizmatlarni yanada tartibli va shaffof tashkil etish, bemorga tayinlangan dori vositalari haqidagi ma’lumotlarni elektron shaklda yuritish hamda jarayonlarni raqamlashtirishda muhim ahamiyat kasb etganligi bois mazkur tizimdan foydalanishda tibbiyot xodimlarining mas’uliyati va belgilangan tartiblarga rioya etishi muhimligi ta’kidlandi.

🔻O‘rganish jarayonida elektron retsept berish bilan bog‘liq ayrim kamchiliklar ham aniqlanib, ularni tezkor bartaraf etish, tibbiyot xodimlariga tizimdan to‘g‘ri va samarali foydalanish bo‘yicha zarur amaliy ko‘mak ko‘rsatish, elektron retsept berish jarayonini muntazam nazorat qilib borish hamda aholiga noqulayliklar kelib chiqishining oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5