Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tiyisli taraw shólkem wákilleri menen birgelikte xalıq penen ushırasıw ótkerdi....
янв.21
Prezident saparı — rawajlanıwdıń hám reformalardıń jańa basqıshı
янв.21
Máhálle jetiligi menen ushırasıw ótkerilip, xalıq mashqalaları dodalandı....
янв.21
Sociallıq obektlerdiń gúz-qıs máwsimine tayarlıq jumısları úyrenildi....
янв.21
ӨзХДП 35 жаста: Шымбайда үш әўлад ушырасыўы болып өтти!
янв.21
Rayon hákimi hám deputat mektepke taza ishimlik suwın tartıw joybarların kórip shıqtı
янв.21
Ekologiya partiyası deputatları paxta terimi mapazında belsene qatnastı
янв.21
Deputat taza ishimlik suwın filtrlew úskenesi jumısı menen tanıstı
янв.21
Дийқанларымыздың жыл бойы еткен мийнетин бир айда зая етпей жыйнап алыў зәрүр!
янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Qaxxarova tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuv va murojaatlar asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

️Saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida Qo‘qon shahar “Kalvak” MFY, A.Umarhon ko‘chasi 279-uyda yashovchi fuqaro Xudayqulova Gulnorahon hamda A.Umarhon ko‘chasi 281-uyda yashovchi fuqaro Mo‘ydinov O‘ktamjonlar murojaat qildi.

Murojaatda fuqarolar “A.Umarhon ko‘chasi”ning 360 kvadrat metr qismi uzoq yillardan buyon asfaltlashtirilmay kelinayotganligi, ushbu holat aholiga kuz-qish mavsumlarida noqulaylik to‘g‘dirayotgani hamda haqli e’tirozlarga sabab bo‘layotganligini bildirishgan. Mazkur masalaga amaliy yechim topish munosabati bilan deputat tomonidan Qo‘qon shahar “Obodonlashtirish” boshqarmasi boshlig‘i nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida Qo‘qon shahar “Kalvak” MFY aholisi tomonidan ko‘tarilgan “A.Umarhon ko‘chasi”ning 360 kvadrat metr qismini asfaltlashtirish masalasi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-440-sonli qarori ijrosi bo‘yicha qanday chora-tadbirlar ko‘rilishi hamda ushbu ko‘cha qachon asfaltlashtirilishi yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot berish so‘ralgan.

Mazkur so‘rov orqali hududdagi yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, kuz-qish mavsumida aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda fuqarolarning haqli e’tirozlarini bartaraf etish maqsadi ko‘zlangan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, qonunchilikda belgilangan tartibda deputatlik so‘roviga javob taqdim etilishi hamda amalga oshirilgan ishlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2