Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tiyisli taraw shólkem wákilleri menen birgelikte xalıq penen ushırasıw ótkerdi....
янв.21
Prezident saparı — rawajlanıwdıń hám reformalardıń jańa basqıshı
янв.21
Máhálle jetiligi menen ushırasıw ótkerilip, xalıq mashqalaları dodalandı....
янв.21
Sociallıq obektlerdiń gúz-qıs máwsimine tayarlıq jumısları úyrenildi....
янв.21
ӨзХДП 35 жаста: Шымбайда үш әўлад ушырасыўы болып өтти!
янв.21
Rayon hákimi hám deputat mektepke taza ishimlik suwın tartıw joybarların kórip shıqtı
янв.21
Deputat taza ishimlik suwın filtrlew úskenesi jumısı menen tanıstı
янв.21
Ekologiya partiyası deputatları paxta terimi mapazında belsene qatnastı
янв.21
Дийқанларымыздың жыл бойы еткен мийнетин бир айда зая етпей жыйнап алыў зәрүр!
янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
Tadbirkorlarning murojaatlari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq tumanning “Barraj” mahallasida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlik subyektlarining ijtimoiy tarmoq orqali bildirgan murojaatlari Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Sadirov hamda okrug deputati B.Kamalov tomonidan o‘rganildi.

🔻O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-son qaroriga asosan tumanda “Toshkent–Chirchiq–Chimyon” hamda “Bektemir–G‘azalkent–Chorbog‘” yo‘nalishlaridagi avtomobil yo‘llarini Chirchiq daryosi ustidan barpo etilayotgan yangi ko‘prik orqali o‘zaro bog‘lash bo‘yicha amalga oshirilayotgan qurilish ishlari doirasida “Toshkent–Xo‘jakent” temir yo‘li izlari qayta qurilib, temir yo‘l kesishmasi demontaj qilingan. Ushbu holat hududdagi bir qator ishlab chiqarish korxonalarining xom ashyo yetkazish va tayyor mahsulotlarini olib ketish imkoniyatlari cheklanishiga olib kelgan.

🔻O‘rganish davomida murojaatchilar bilan suhbatlashilib, holatga aniqlik kiritildi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi mas’ullari bilan bog‘lanilib, muammoni bartaraf etish bo‘yicha takliflari tinglandi.

🔻Mutasaddi tashkilot vakillari tomonidan hozirda hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining avtotransport vositalari harakatlarini ta’minlash maqsadida vaqtinchalik temir yo‘l kesishmasini qurish ishlari amalga oshirilayotgan bo‘lib, loyiha-smeta hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgach, muammo to‘liq yechilishini ma’lum qilindi. Mazkur masala yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatildi.

Slide 1 of 3