Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tiyisli taraw shólkem wákilleri menen birgelikte xalıq penen ushırasıw ótkerdi....
янв.21
Prezident saparı — rawajlanıwdıń hám reformalardıń jańa basqıshı
янв.21
Máhálle jetiligi menen ushırasıw ótkerilip, xalıq mashqalaları dodalandı....
янв.21
Sociallıq obektlerdiń gúz-qıs máwsimine tayarlıq jumısları úyrenildi....
янв.21
ӨзХДП 35 жаста: Шымбайда үш әўлад ушырасыўы болып өтти!
янв.21
Rayon hákimi hám deputat mektepke taza ishimlik suwın tartıw joybarların kórip shıqtı
янв.21
Ekologiya partiyası deputatları paxta terimi mapazında belsene qatnastı
янв.21
Deputat taza ishimlik suwın filtrlew úskenesi jumısı menen tanıstı
янв.21
Дийқанларымыздың жыл бойы еткен мийнетин бир айда зая етпей жыйнап алыў зәрүр!
янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
📢 YOSHLAR MASLAHAT GURUHI — YOSHLAR OVOZI VA TASHABBUSLARI MAYDONI

📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning manfaatlarini himoya qilish va yoshlar masalalarini mahalliy darajada hal etishga ko‘maklashuvchi jamoatchilik tuzilmasidir.

🎯 Asosiy maqsadimiz:
Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda faol ishtirok etish, yoshlarning muammolari va takliflarini o‘rganish, ularni hal etish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish hamda mahalliy Kengash deputatlariga ko‘maklashish.

🔹 Guruhning asosiy yo‘nalishlari:
▫️ yoshlar muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
▫️ qonunchilik hujjatlarini o‘rganish va takomillashtirish yuzasidan takliflar berish;
▫️ hududiy dasturlarni ishlab chiqishda yoshlar manfaatlarini ilgari surish;
▫️ yoshlar masalalariga oid qarorlar ijrosida jamoatchilik nazoratida ishtirok etish;
▫️ iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash;
▫️ ekologik, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarini tashkil etishga ko‘maklashish;
▫️ yoshlar bilan deputatlar va senatorlar uchrashuvlarini tashkil etishda ishtirok etish.

🤝 Yoshlarning fikri — muhim. Yoshlarning tashabbusi — kuch.
Yoshlar maslahat guruhi yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni mahalliy Kengash faoliyatiga keng jalb etish yo‘lida faoliyat olib boradi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube