Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tiyisli taraw shólkem wákilleri menen birgelikte xalıq penen ushırasıw ótkerdi....
янв.21
Prezident saparı — rawajlanıwdıń hám reformalardıń jańa basqıshı
янв.21
Máhálle jetiligi menen ushırasıw ótkerilip, xalıq mashqalaları dodalandı....
янв.21
Sociallıq obektlerdiń gúz-qıs máwsimine tayarlıq jumısları úyrenildi....
янв.21
ӨзХДП 35 жаста: Шымбайда үш әўлад ушырасыўы болып өтти!
янв.21
Rayon hákimi hám deputat mektepke taza ishimlik suwın tartıw joybarların kórip shıqtı
янв.21
Ekologiya partiyası deputatları paxta terimi mapazında belsene qatnastı
янв.21
Deputat taza ishimlik suwın filtrlew úskenesi jumısı menen tanıstı
янв.21
Дийқанларымыздың жыл бойы еткен мийнетин бир айда зая етпей жыйнап алыў зәрүр!
янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
Damko‘l mahallasida zamonaviy poliklinika foydalanishga topshirildi

#tuman_hokimi
Damko‘l mahallasida zamonaviy poliklinika foydalanishga topshirildi

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Nodirjon Mashrapov 13-Damko‘l saylov okrugidagi saylovchilar bilan uchrashuv va hududni o‘rganishlar davomida aholi uchun sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasiga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
Ana shunday amaliy ishlarning mantiqiy davomi sifatida Damko‘l mahallasida zamonaviy poliklinika binosi foydalanishga topshirildi.
Homiylar ko‘magida 1,2 milliard so‘m mablag‘ hisobidan barpo etilgan yangi tibbiyot muassasasi hududda istiqomat qiluvchi 12 ming nafardan ortiq aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.
Deputat Nodirjon Mashrapov poliklinikaning ochilish marosimida ishtirok etib, yangi tibbiyot muassasasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Poliklinika zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlangan. Shuningdek, tor soha mutaxassislarining sayyor qabullarini tashkil etish, profilaktik ko‘riklarni o‘tkazish hamda tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarga uyida xizmat ko‘rsatish uchun maxsus “Damas” avtomashinasi ajratildi.
Mazkur loyiha 13-Damko‘l saylov okrugida aholi murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlashga qaratilgan deputatlik faoliyatining muhim natijalaridan biridir.

⌛ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. ⬇️
Telegram |✅ Facebook | 🎬 YouTube | 📱 Instagram |🌐 E-Kengash.uz

Slide 1 of 4