Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tiyisli taraw shólkem wákilleri menen birgelikte xalıq penen ushırasıw ótkerdi....
янв.21
Prezident saparı — rawajlanıwdıń hám reformalardıń jańa basqıshı
янв.21
Máhálle jetiligi menen ushırasıw ótkerilip, xalıq mashqalaları dodalandı....
янв.21
Sociallıq obektlerdiń gúz-qıs máwsimine tayarlıq jumısları úyrenildi....
янв.21
ӨзХДП 35 жаста: Шымбайда үш әўлад ушырасыўы болып өтти!
янв.21
Rayon hákimi hám deputat mektepke taza ishimlik suwın tartıw joybarların kórip shıqtı
янв.21
Ekologiya partiyası deputatları paxta terimi mapazında belsene qatnastı
янв.21
Deputat taza ishimlik suwın filtrlew úskenesi jumısı menen tanıstı
янв.21
Дийқанларымыздың жыл бойы еткен мийнетин бир айда зая етпей жыйнап алыў зәрүр!
янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
"Kattabog‘" mahallasida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi!


Termiz shahrida yosh avlodning huquqiy va ma’naviy savodxonligini oshirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda mamlakatimizda yaratilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanishga yo‘naltirish borasidagi ishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengashning Korrupsiyaga qarshi kurashish raisi, 5-“Kattabog‘” saylov okrugi deputati I.Tangirov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar shahardagi "Kattabog‘" mahallasida bo‘lib, yoshlar bilan suhbatlashdi.

Uchrashuv davomida yoshlarga O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati va hayotiy ahamiyati atroflicha tushuntirildi.
"Kattabog‘" mahallasida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi!
Termiz shahrida yosh avlodning huquqiy va ma’naviy savodxonligini oshirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda mamlakatimizda yaratilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanishga yo‘naltirish borasidagi ishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengashning Korrupsiyaga qarshi kurashish raisi, 5-“Kattabog‘” saylov okrugi deputati I.Tangirov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar shahardagi Kattabog‘ mahallasida bo‘lib, yoshlar bilan suhbatlashdi.
Uchrashuv davomida yoshlarga O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati va hayotiy ahamiyati atroflicha tushuntirildi.
Muloqot davomida quyidagi muhim masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi:
Ta’lim va innovatsiyalar: Yoshlarning zamonaviy ta’lim olishi, xorijiy tillarni hamda raqamli texnologiyalarni (IT) puxta egallashi uchun yaratilgan sharoitlar;
Tadbirkorlik va bandlik: "Yoshlar daftari" va imtiyozli kreditlar, subsidiyalar orqali o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish, kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlari;
Iqtidorlarni ro‘yobga chiqarish: "Besh tashabbus olimpiadasi" va turli tanlovlar doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni doimiy qo‘llab-quvvatlash tizimi.
I.Tangirov: "Yoshlarimizga berilayotgan har bir imkoniyat — Vatanimiz taraqqiyoti uchun qo‘yilgan poydevordir!"
"Bugun davlatimiz rahbari boshchiligida yoshlarga oid davlat siyosati doirasida misli ko‘rilmagan sharoitlar yaratilmoqda. O‘RQ-406 Qonuni yoshlarimizning barcha huquq va manfaatlarini qonuniy himoya qiladi. Maqsadimiz — 'Kattabog‘' mahallasi yoshlarining barchasi shu imkoniyatlardan to'liq va unumli foydalanishini ta'minlashdir," — deya ta'kidladi deputat.