Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat X.Jumaboyev Qolg‘onsir oilaviy shifokorlik punktida bo‘lib, aholining bepul dori-darmonlar bilan ta’minlanish holati bilan tanishdi.
🔎 O‘rganish davomida dori-darmonlarning mavjudligi, ularning belgilangan tartibda aholiga yetkazib berilishi hamda fuqarolarga yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
🤝 Aholi salomatligi — ustuvor vazifa. Fuqarolarning zarur dori-darmonlardan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash va tibbiy xizmat sifatini oshirish masalalari doimo e’tibor markazida.