35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат сайлаў округындағы мектептың материаллық-техникалық жағдайын үйренди
янв.21
XALIQ MÁPI BÁRSHESINEN JOQARI
янв.21
Deputat aymaqta ámelge asırılıp atırǵan piyadalar jolı qurılıs jumısların úyrendi
янв.21
#Шембилик
янв.21
Deputat D.Serimbetova “Gújimli” máhállesinde bar mashqala hám kemshiliklerdi anıqlaw jáne olardıń sheshimine járdemlesiw maqsetinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Deputat tárepinen máhállede gezektegi úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
#24_másele
янв.21
Ishki jollar úyrenilmekte
янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
янв.21
Deputat máhállede jańadan qurılıp atırǵan ishimlik suwı tarmaqları qurılıs jumısları menen tanıstı
HAR CHORSHANBA— DEPUTATLIK FAOLIYATI KUNI

 HAR CHORSHANBA— DEPUTATLIK FAOLIYATI KUNI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi uchun har hafta chorshanba kuni deputatlik nazorati va amaliy faoliyat kuni sifatida tashkil etilmoqda.

📌 Shu kuni doimiy komissiya a’zolari tomonidan bir nechta muhim yo‘nalishlar bo‘yicha tizimli ishlar olib boriladi:
🔹 #24_ta_masala — deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning ijrosi o‘rganiladi;
🔹 #Biriktirilgan_tashkilotlar_bilan_hamkorlik — deputatlarga biriktirilgan tashkilotlarda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari o‘rganiladi;
🔹 #162_ta_qonun — qonun hujjatlarining hududdagi ijrosi va ularning amaliyotga tatbiq etilishi deputatlar tomonidan nazorat qilinadi;
🔹 #Sessiya_kun_tartibi — navbatdagi Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan joyiga chiqib o‘rganishlar olib boriladi;
🔹 #Deputat_daftari — deputatlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar bilan uchrashuvlar, murojaatlar va aniqlangan muammolar muntazam qayd etib boriladi.

🏛 Bundan tashqari, har hafta doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazilib, o‘rganishlar natijalari, aniqlangan muammolar, deputatlik so‘rovlari hamda hududni rivojlantirishga oid masalalar muhokama qilinadi.

📱 Komissiya a’zolari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ijtimoiy tarmoqlarda muntazam yoritib boriladi. Bu orqali deputatlik faoliyatining ochiqligi va shaffofligi ta’minlanadi.

🎯 Maqsad — deputatlik nazoratini tizimli yo‘lga qo‘yish, muammolarni joyida aniqlash, ularning yechimini ta’minlash va aholi manfaatlarini himoya qilish.

Har payshanba — o‘rganish, nazorat, muloqot va amaliy natija kuni!