35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат томонидан ижтимоий соҳа муассасалари ўрганилди
янв.21
Депутат томонидан “Ташаббусли бюджет” жараёнида ғолиб бўлмаган лойиҳалар ўрганилди
янв.21
#24_másele #7_sanlı_Tazajol_saylaw_okrugi   #Ózbekstan_Ekologiyalıq_partiyası
янв.21
Deputat mektep jámáátin jańa oqıw jılı menen qutlıqladı
янв.21
Deputat jańa sport zalınıń ashılıw máresiminde qatnastı
янв.21
Ғәрезсизлик – бул миллетимиздиң еркинлиги ҳәм жарқын келешегиниң тийкары
янв.21
Шымбайда «Депутат ҳәм жаслар» ушырасыўы өткерилди
янв.21
Deputat shańaraqlıq balalar baqshasına barıp, bayram qutlıqlawın jolladı
янв.21
#24_másele #18_sanlı_Qırıq_qız_saylaw_okrugi #Adolat_social_demokratik_partiyası
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń gezektegi 21 - sessiyası bolıp ótti
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #deputat_so'rovi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi "23-Haqiqat" okrugi deputati Xaydarov Artur Mixaylovich tomonidan Uchtepa tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nurali Ismatovga navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi.

📁 Uchtepa tumanidagi Hamdo‘st mahallasi hududida, mahalla idorasi yaqinida joylashgan bo‘sh yer maydoni o‘rganilganda, mazkur hududdan aholi, ayniqsa, bolalar va yoshlar manfaatlari yo‘lida samarali foydalanish imkoniyati mavjudligi mavjudligi qayd etilgan.

📈 Mazkur bo‘sh hududda zamonaviy bolalar o‘yingohi hamda zamonaviy workout (sport mashqlari) maydonchasini barpo etish mahalla bolalari va yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda hududning obodonchiligi va ijtimoiy infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qilishini inobatga olib, yuqoridagi masala yuzasidan so'ralmoqda:

✍️ Hamdo‘st mahallasi mahalla idorasi yaqinidagi bo‘sh yer maydonini joyiga chiqqan holda o‘rganib, unda zamonaviy bolalar o‘yingohi va workout maydonchasini barpo etish imkoniyatini ko‘rib chiqish;

✍️ mazkur taklifni 2027-yilga mo‘ljallangan Uchtepa tumani hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va obodonlashtirish dasturiga kiritish masalasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish;

✍️ bolalar o‘yingohi va workout maydonchasini barpo etish uchun zarur bo‘lgan moliyalashtirish manbalarini aniqlash hamda amalga oshirish muddatlarini belgilash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish;

✍️ ko‘rilgan choralar, taklifning 2027-yilgi tuman dasturiga kiritilgan yoki kiritilishi rejalashtirilganligi, shuningdek, uni amalga oshirishning aniq mexanizmi haqida qonunchilikda belgilangan muddatda asosli tarzda yozma javob yuborish so‘ralmoqda.

🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 1