Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi 23-Zarafshon saylov okrugi deputati F. Suyarov tashabbusi bilan Zarafshon mahallasida ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammo bartaraf etildi.
🤩Mahalla hududidagi ichimlik suvi inshootining suv chiqarish motori nosoz holatga kelgani deputat tomonidan o‘rganilib, aniqlangan muammo deputat daftariga qayd etildi.
🤩Tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda suv chiqarish motori sozlanib, inshoot faoliyati qayta yo‘lga qo‘yildi. Natijada mahalla aholisining ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini barqaror ta’minlash imkoniyati yaratildi.