Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tiyisli taraw shólkem wákilleri menen birgelikte xalıq penen ushırasıw ótkerdi....
янв.21
Prezident saparı — rawajlanıwdıń hám reformalardıń jańa basqıshı
янв.21
Máhálle jetiligi menen ushırasıw ótkerilip, xalıq mashqalaları dodalandı....
янв.21
Sociallıq obektlerdiń gúz-qıs máwsimine tayarlıq jumısları úyrenildi....
янв.21
ӨзХДП 35 жаста: Шымбайда үш әўлад ушырасыўы болып өтти!
янв.21
Rayon hákimi hám deputat mektepke taza ishimlik suwın tartıw joybarların kórip shıqtı
янв.21
Ekologiya partiyası deputatları paxta terimi mapazında belsene qatnastı
янв.21
Deputat taza ishimlik suwın filtrlew úskenesi jumısı menen tanıstı
янв.21
Дийқанларымыздың жыл бойы еткен мийнетин бир айда зая етпей жыйнап алыў зәрүр!
янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
«Mardlik» — yurt oldidagi fidokorona xizmat e’tirofi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda o‘zining fidokorona mehnati, jasorati va yurt taraqqiyotiga qo‘shgan munosib hissasi bilan alohida namuna ko‘rsatib kelayotgan yurtdoshlar munosib taqdirlanmoqda.
🌏O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga muvofiq, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Jamshid Xudoyev yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash, aholi farovonligini yuksaltirish, hududni obodonlashtirish va xalq manfaatlariga xizmat qilish borasidagi samarali mehnati hamda fidokorona xizmatlari uchun «Mardlik» ordeni bilan taqdirlandi.
🌏Ushbu yuksak davlat mukofoti nafaqat Jamshid Xudoyevning mehnatiga berilgan yuksak baho, balki Jondor tumanida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va ezgu tashabbuslarning ham e’tirofidir.
🌏Jamshid Xudoyevning deputatlik faoliyatida ham saylovchilar murojaatlarini o‘rganish, aholi bilan ochiq muloqot qilish, ijtimoiy va iqtisodiy masalalarni hal etishga ko‘maklashish, hudud manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratib kelinayotgani tahsinga sazovor.
🌏«Mardlik» ordeni — yurtga sadoqat, mas’uliyat va fidoyilikning yuksak e’tirofi. Bu mukofot Jondor tumani ahli uchun ham quvonchli va faxrli voqea bo‘lib, yosh avlodni Vatanga muhabbat va xalqqa xizmat qilish ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
🌏Jondor tumani Kengashi jamoasi Jamshid Xudoyevni ushbu yuksak davlat mukofoti bilan samimiy muborakbod etib, kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi ezgu ishlarida kuch-g‘ayrat tilaydi.

Slide 1 of 2