35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

SEYSMIK XAVFSIZLIK VA ELEKTRON TEXNIK PASPORTLAR — DEPUTATLAR NAZORATIDA

 SEYSMIK XAVFSIZLIK VA ELEKTRON TEXNIK PASPORTLAR — DEPUTATLAR NAZORATIDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi 405-son qarori ijrosi yuzasidan muhim qaror qabul qilindi.
📌 Doimiy komissiyaning 2026-yil 24-avgustdagi DKQ 03-04/122-26-son qarori bilan tumandagi bino va inshootlarning texnik holati, seysmik mustahkamligi hamda elektron texnik pasportlar bilan ta’minlanganlik holatini kompleks o‘rganish belgilandi.
🔎 Shu maqsadda ishchi guruh tuzilib, unga:
▪️ davlat, ijtimoiy soha, ko‘p qavatli va boshqa muhim obyektlarning texnik holatini o‘rganish;
▪️ bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini baholash holatini aniqlash;
▪️ seysmik xavf nuqtai nazaridan alohida e’tibor talab qiladigan obyektlarni aniqlash;
▪️ texnik holati qoniqarsiz yoki rekonstruksiyaga muhtoj obyektlarni ro‘yxatga olish;
▪️ elektron texnik pasportlar shakllantirilgan obyektlar sonini aniqlash;
▪️ elektron pasportlardagi ma’lumotlarning to‘liqligi va amaldagi holatga muvofiqligini tekshirish;
▪️ pasporti shakllantirilmagan yoki ma’lumotlari yangilanmagan obyektlarni aniqlash;
▪️ aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish
vazifalari yuklatildi.
🏢 O‘rganish ishlari tasdiqlangan savolnoma asosida amalga oshirilib, zarur texnik, kadastr va boshqa hujjatlar tegishli tashkilotlardan so‘rab olinadi.
❗️Aholi hayoti va xavfsizligiga ehtimoliy xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan obyektlar aniqlangan taqdirda, ular bo‘yicha manzilli ro‘yxat shakllantirilib, tegishli choralar ko‘rish yuzasidan takliflar kiritiladi.
📊 O‘rganish yakunlari doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilinib, natijalari bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
🗳 Qaror doimiy komissiya a’zolari tomonidan 6 ta ovoz bilan yoqlab, bir ovozdan qabul qilindi.
Deputatlik nazorati — xavfsizlik, aniqlik va amaliy natija uchun!