35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ғәрезсизлик – бул миллетимиздиң еркинлиги ҳәм жарқын келешегиниң тийкары
янв.21
Шымбайда «Депутат ҳәм жаслар» ушырасыўы өткерилди
янв.21
Deputat shańaraqlıq balalar baqshasına barıp, bayram qutlıqlawın jolladı
янв.21
#24_másele #18_sanlı_Qırıq_qız_saylaw_okrugi #Adolat_social_demokratik_partiyası
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń gezektegi 21 - sessiyası bolıp ótti
янв.21
Shımbay rayonında Ózbekstan Respublikası ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı múnásibeti menen rayon turmısınıń túrli tarawlarında jemisli miynet etken hám miynet etip atırǵan bir topar watanlaslarımızdı "Ózbekstan Respublikası ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı" estelik belgisi menen sıylıqlaw máresimi bolıp ótti.
янв.21
Shımbay rayonında Ǵárezsizlik bayramı kóterińki ruwxta ótkerildi
янв.21
Deputat kórgizbeli yarmarkada qatnastı
янв.21
SESSIYAǴA KIRGIZILGEN MÁSELELER KÓRIP SHIǴILDI
янв.21
Sociallıq járdemge mútáj shańaraqlardıń jaǵdayınan xabar alındı…..
“Abdurahmon Jomiy” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xususan, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov Kengashning 24-“Abdurahmon Jomiy” saylov okrugi deputati A.Tog‘amuradov okrugiga qarashli “Abdurahmon Jomiy” mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisining PF-116-sonli Farmonda belgilangan asosiy vazifalari ijrosini o‘rgandi.

📈 O‘rganish natijalariga ko‘ra:

🔹 200 ta xonadon xonadonbay o‘rganilib, ijtimoiy-iqtisodiy holat va mavjud imkoniyatlar tahlil qilingan;

🔹 25 nafar fuqaroning bandligi bo‘yicha ishlar amalga oshirilib, shundan 12 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan;

🔹 15 nafar fuqaro kasb-hunar va tadbirkorlik yo‘nalishlariga jalb etilib, 12 nafari doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan;

🔹 Aholi va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 25 ta loyiha uchun 450 mln so‘m miqdorida kredit va boshqa moliyaviy ko‘mak yo‘naltirilgan;

🔹 Tadbirkorlik va mikroloyihalarni rivojlantirishga 1 mlrd 425 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, 15 ta loyiha ishga tushirilgan hamda 30 ta ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan;

🔹 Tashqi mehnat migratsiyasidan qaytgan 25 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan;

🔹 30 ta xonadonda tomorqadan samarali foydalanish va “Bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida ishlar tashkil etilib, 5 tonna mahsulot yetishtirilgan;

🔹 “Bir kontur — bir mahsulot” tamoyili asosida 0,5 gektar yer maydoni samarali foydalanishga jalb etilgan;

🔹 Mahalladagi 3 ta bo‘sh bino-inshoot va yer maydoni iqtisodiy faoliyatga jalb qilingan;

🔹 30 ta oila kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha manzilli ishlarga qamrab olingan.

💰 Moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha, jadvalda qayd etilgan yo‘nalishlar kesimida jami 2 mlrd 103 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirilgani ko‘rsatilgan.

📌 Shuningdek, tahlil davomida 14 ta yo‘nalishning 10 tasida amaliy ishlar amalga oshirilgani, 4 ta yo‘nalish — faoliyati to‘xtagan korxonalarni tiklash, qurilishi tugallanmagan loyihalarni ishga tushirish, mahsulot va xizmatlarni yangi bozorlar orqali realizatsiya qilish hamda yashil energiyaga o‘tish bo‘yicha esa ko‘rsatkichlar mavjud emasligi aniqlandi.

📊 Muhim jihat — taqdim etilgan ko‘rsatkichlarning barchasida reja va amaldagi natijalar teng qayd etilgan. Shu sababli mazkur yo‘nalishlarda belgilangan rejalar bajarilishi 100 foiz sifatida ko‘rsatilgan.

🔎 Shu bilan birga, nazorat-tahlil jarayonida faqat ko‘rsatkichlarning bajarilgani emas, balki ajratilgan mablag‘larning samaradorligi, yaratilgan ish o‘rinlarining amaldagi holati, fuqarolarning doimiy daromadga ega bo‘lishi, loyihalarning barqaror ishlashi va erishilgan natijalarning tasdiqlovchi hujjatlariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud ko‘rsatkichlar va aniqlangan holatlar umumlashtirilib, navbatdagi sessiyada muhokama qilish uchun tegishli xulosa, taklif va tavsiyalar shakllantiriladi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi — mahallalarda Farmon ijrosi, mablag‘lardan samarali foydalanish va erishilayotgan natijalar ustidan deputatlik nazoratini izchil davom ettirmoqda.