35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat máhállede jańadan qurılıp atırǵan ishimlik suwı tarmaqları qurılıs jumısları menen tanıstı
янв.21
Deputat jol boyında qurılıp atırǵan lotoklardıń qurılıs jumısların úyrendi
янв.21
DEPUTAT PIYADALAR JOLI QURILISI JUMISLARI MENEN TANISTI
янв.21
"Shımbay hawazı" gazetası
янв.21
Sessiya kún tártibine kirgizilgen másele deputatlar tárepinen úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi janında dúzilgen “Jaslar másláhát toparı” aǵzaları tárepinen rayon aymaǵındaǵı balalardıń bos waqtın mazmunlı hám qáwipsiz ótkeriwi ushın jaratılǵan dem alıw orınlarınıń jaǵdayı úyrenildi.
янв.21
Deputat tárepinen máhálledegi isbilermenlik subektleriniń jumısı úyrenildi.
янв.21
#5_sanlı_K_Nurlıbaev_saylaw_okrugi
янв.21
"Adolat" social-demokratiyalıq partiyası tárepinen gezektegi májilis bolıp ótti.
янв.21
#24_másele #18_sanlı_Qırıqqız_saylaw_okrugi   #Adolat_social_demokratik_partiyası
Deputatlik nazorati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida 19-Mustaqillik saylov okrugi deputati Gafurova Zebixon Sodiqovna va kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan Navbahor mahallasidagi ijtimoiy holat hamda aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasidagi ishlar o‘rganildi.

O‘rganish ishlari Marg‘ilon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Ilxomxo‘ja Saidakbarov hamrohligida olib borilib, bunda mahallada aholi xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarga tayyorgarlik holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-avgustdagi O‘RQ-790-son “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi ham deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi. O‘rganish davomida qonunda belgilangan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, xavf-xatarlar to‘g‘risida o‘z vaqtida va ishonchli axborot berish hamda favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha talablarning mahalla hududidagi amaliy ijrosiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy hodim faoliyati tahlil qilindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Navbahor mahallasida 3 565 nafar aholi, 1 025 ta xonadon va 1 125 ta oila istiqomat qiladi. Hududda 42 ta ko‘p qavatli uy hamda 68 ta hovli uy mavjud.

Ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha olib borilgan o‘rganishda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan 106 nafar fuqaro, davlat ta’minotidagi 22 ta oila, kambag‘allik chegarasidagi 2 ta hamda kambag‘al oilalar ro‘yxatidagi 66 ta oila holati ko‘rib chiqildi.

Mahalladagi ijtimoiy masalalar bo‘yicha mas’ul xodim M.Raimberdiyeva bilan birgalikda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini manzilli o‘rganish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalari muhokama qilindi.

Deputatlik nazorati doirasidagi mazkur o‘rganish mahallada aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bilan bir qatorda, ularning xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va qonunchilikda belgilangan talablarning joylardagi ijrosini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 4