35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shımbay rayonında sociallıq qorǵawǵa mútáj xayal-qızlar menen ushırasıw ótkerildi
янв.21
Deputat rayondaǵı kómir támiynatı kárxanasınıń 2026-2027-jıllar gúzgi-qısqı máwsimine tayarlıǵın úyrendi
янв.21
"Milliy tiklanish" demokratiyalıq partiyasınıń wákili Shımbay rayonında boldı.
янв.21
ERKIN QARARQALPAQSTAN GAZETASI
янв.21
"Milliy tiklanish" demokratiyalıq partiyası Oraylıq Keńesiniń baslıǵı A.Qodirov "Qara úy" ustaxanasınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
"SHIMBAY HAWAAZI" GAZETASI
янв.21
Ekologiya partiyasınıń jumıs rejeleri úyrenildi.
янв.21
Jaslar másláhát toparı kishi biznes joybarları menen tanıstı
янв.21
Deputat awır kategoriyadaǵı máhállede boldı
янв.21
Deputat Shımbay rayonındaǵı "Jańa Ózbekstan" kórinisindegi máhállelerdiń jumısı menen tanıstı
Kengash_faoliyati

🇺🇿 BANDIXONDA TARIXIY KUN: LIMONZORDA YIRIK MEGA LOYIHA ISHGA TUSHDI!

🎉 Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami arafasida Bandixon uchun yana bir ulkan va tarixiy voqea!

Bandixon tumani “Limonzor” mahallasida yurtimiz taraqqiyoti, hudud iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish va xalqimiz farovonligini ta’minlashga xizmat qiladigan yirik mega loyihaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat tashkilotlari rahbarlari, Xalq deputatlari
Bandixon tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Abdumalik Allamuradov, quruvchilar, nuroniylar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

🌱 29,5 milliard so‘mlik loyiha doirasida Sherobod magistral kanalidan suv chiqarilib, 3 ming gektardan ortiq yaylov yerlar qayta foydalanishga kiritiladi. Kecha foydalanilmay yotgan yerlar bugun hosildor va daromadli maskanga aylanadi!

💧 Loyiha doirasida:

🔹 2 ta zamonaviy nasos agregati o‘rnatildi;
🔹 2,3 km uzunlikdagi D1200 mm bosimli quvur tortildi;
🔹 6,8 km uzunlikdagi yangi kanal barpo etildi;
🔹 soniyasiga 1,5 m³ suv o‘tkazish quvvatiga ega sug‘orish tizimi yaratildi;
🔹 5 km uzunlikdagi ichki sug‘orish tarmoqlari qurildi.

👨‍🌾 Eng muhimi, loyiha natijasida 1 500 nafardan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi hamda yiliga 3 million AQSH dollari miqdorida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti yo‘lga qo‘yiladi.

Bu — shunchaki yangi loyiha emas.
Bu — yerga hayot, xonadonlarga daromad, yoshlarga ish, hududga yangi imkoniyatlar demakdir!

🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Bandixonliklarga munosib tuhfa bo‘lgan ushbu ulkan loyiha tumanimizning qishloq xo‘jaligi salohiyatini yangi bosqichga olib chiqadi.

✨ Bandixonda bunyodkorlik — xalq farovonligi yo‘lida!
✨ Bandixonda taraqqiyot izchil davom etmoqda!

Slide 1 of 19