35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат томонидан ижтимоий соҳа муассасалари ўрганилди
янв.21
Депутат томонидан “Ташаббусли бюджет” жараёнида ғолиб бўлмаган лойиҳалар ўрганилди
янв.21
#24_másele #7_sanlı_Tazajol_saylaw_okrugi   #Ózbekstan_Ekologiyalıq_partiyası
янв.21
Deputat mektep jámáátin jańa oqıw jılı menen qutlıqladı
янв.21
Deputat jańa sport zalınıń ashılıw máresiminde qatnastı
янв.21
Ғәрезсизлик – бул миллетимиздиң еркинлиги ҳәм жарқын келешегиниң тийкары
янв.21
Шымбайда «Депутат ҳәм жаслар» ушырасыўы өткерилди
янв.21
Deputat shańaraqlıq balalar baqshasına barıp, bayram qutlıqlawın jolladı
янв.21
#24_másele #18_sanlı_Qırıq_qız_saylaw_okrugi #Adolat_social_demokratik_partiyası
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń gezektegi 21 - sessiyası bolıp ótti
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi

“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Mehribon Tillaeva O‘rtayop va Adolat mahallalariga xizmat ko‘rsatuvchi 19-son oilaviy poliklinikada bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustdagi №265-I-sonli “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini, tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy natijalarini, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati hamda joriy etilayotgan yangiliklarni o‘rgandi.

Tashrif davomida oilaviy poliklinika mudiri Farida Rahimova tomonidan muassasada besh kunlik ish rejimiga o‘tilgani, bu esa tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va o‘z ustida muntazam ishlashi uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratgani haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, shanba va yakshanba kunlari navbatchilik asosida tibbiy xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgani hamda bu boradagi tegishli hujjatlar deputatga taqdim etildi.

Qonun talablarining amaliyotdagi ijrosi, xususan, fuqarolarning tibbiy yordam olish huquqini ta’minlash, profilaktika tadbirlarini tashkil etish, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda bemorlar uchun zarur sharoitlarni yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Patronaj xodimlari bilan suhbat davomida xonadonma-xonadon olib borilayotgan targ‘ibot va profilaktika tadbirlari, aholi salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarning oldini olish borasidagi ishlar haqida fikr almashildi. Shuningdek, dispanser hisobida turgan ayrim bemorlarga bepul beriladigan dori-darmonlar o‘z vaqtida yetkazib berilayotgani haqida ma’lumot olindi.

Tashrif jarayonida elektron tizimga o‘tilishi tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, fuqarolarga qulaylik yaratish hamda ortiqcha navbatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etayotgani alohida qayd etildi.

Deputat Mehribon Tillaeva tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqot qilib, ularning taklif va fikrlarini tingladi hamda amaliyotda uchrayotgan ayrim masalalarni o‘z daftariga qayd etib oldi.

Slide 1 of 1