XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILD
Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati Sh.Jo‘raev, Yoshlar maslahat
guruhi rahbari J.Abdurashidov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Fozilov
tomonidan Yangiobod mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
O‘rganishda «Ayollar daftari»dagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash,
ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlikka jalb
etish borasidagi ishlar tahlil qilindi.
O‘rganishlar davomida tadbirkorlikka qiziqishi bo‘lgan xotin-qizlarga amaliy
ko‘mak ko‘rsatish ishlarini yanada samarali tashkil etish, bandligi
ta’minlangan xotin-qizlarning natijadorligini monitoring qilish ishlari
kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Aniqlangan muammo va kamchiliklar “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga
qayd etilib, ularning bartaraf etilishi deputatlik nazoratiga olindi.