35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat balalar maydanshasınıń jaǵdayın úyrendi
янв.21
Deputat ońlanıp atırǵan baqsha jumısların úyrendi
янв.21
Deputat "Shımbay Golden Park"tegi attrakcionlardıń texnikalıq qáwipsizligin úyrendi
янв.21
Депутатлық қадағалаў: Районлық Электр тәмийинлеў болими тәрепинен әмелге асырылған жумыслар үйренилди
янв.21
ХАЛЫҚТЫ ҮЗЛУКСИЗ ГАЗ БЕНЕН ТӘМИЙИНЛЕЎ – БАСЛЫ ЎАЗЫЙПА
янв.21
«ТАЗҒАРА» АПЖ АЙМАҒЫНДА ҮЙМЕ-ҮЙ ЖҮРИП, ПУҚАРАЛАР МАШҚАЛАЛАРЫ ҮЙРЕНИЛДИ
янв.21
Қәўипсиз бақша: Жумысшы топар тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилмекте
янв.21
Deputat tayarlıqtaǵı jaslar menen ushırastı
янв.21
Deputat texnikumnıń tigiwshilik baǵdarı jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat Shımbay texnikumı jumısın úyrendi
17–21 AVGUST KUNLARIDAGI MUHIM VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI
#haftalik_ishlar_muhokamasi

17–21 AVGUST KUNLARIDAGI MUHIM VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyatida 17–21-avgust kunlari amalga oshiriladigan muhim ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish Sh. Isamutdinov rahbarligida, mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirovalar ishtirokida tashkil etildi.

Unda 24 talik deputatlarga tegishli tavsiyalar va amaliy ko‘maklar berish, shuningdek, qonunchilik hujjatlarini chuqur o‘rganish masalalari muhokama qilindi.

Jumladan, 19_1_modda bo‘yicha o‘rganishlarni tashkil etish, amaldagi qonunlar, Prezident farmon va qarorlari hamda Hukumat qarorlarida belgilangan vazifalarni o‘rganish va ularning hududdagi ijrosini tahlil qilish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi.

Shuningdek, deputatlik nazoratini kuchaytirish, saylov okruglarida olib borilayotgan o‘rganishlarni tizimli tashkil etish, aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqish hamda Kengash faoliyatining samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarish, har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’uliyatni kuchaytirish hamda ijro intizomini qat’iy nazoratga olish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash