35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat balalar maydanshasınıń jaǵdayın úyrendi
янв.21
Deputat ońlanıp atırǵan baqsha jumısların úyrendi
янв.21
Deputat "Shımbay Golden Park"tegi attrakcionlardıń texnikalıq qáwipsizligin úyrendi
янв.21
Депутатлық қадағалаў: Районлық Электр тәмийинлеў болими тәрепинен әмелге асырылған жумыслар үйренилди
янв.21
ХАЛЫҚТЫ ҮЗЛУКСИЗ ГАЗ БЕНЕН ТӘМИЙИНЛЕЎ – БАСЛЫ ЎАЗЫЙПА
янв.21
«ТАЗҒАРА» АПЖ АЙМАҒЫНДА ҮЙМЕ-ҮЙ ЖҮРИП, ПУҚАРАЛАР МАШҚАЛАЛАРЫ ҮЙРЕНИЛДИ
янв.21
Қәўипсиз бақша: Жумысшы топар тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилмекте
янв.21
Deputat tayarlıqtaǵı jaslar menen ushırastı
янв.21
Deputat texnikumnıń tigiwshilik baǵdarı jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat Shımbay texnikumı jumısın úyrendi
Ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari bo‘yicha nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev va kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonlaridan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullari ishtirokida Kengashning 2025 va 2026-yillardagi tegishli qarorlari asosida amalga oshirilgan asfaltlashtirish ishlari yakuni bo‘yicha nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

🔺O‘rganishdan asosiy maqsad – Kengash qarorlarida belgilangan vazifalarning amalda qay darajada bajarilganini, asfaltlashtirish ishlari tasdiqlangan manzilli ro‘yxat va belgilangan hajmlarga muvofiq amalga oshirilganini, shuningdek, ajratilgan budjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanilganini tahlil qilishdan iborat bo‘ldi.

🔺Nazorat-tahlil jarayonida tegishli qarorlar bilan tasdiqlangan obyektlar kesimida belgilangan asfaltlashtirish hajmlari hamda amalda bajarilgan ishlar solishtirildi. Jumladan, “S.Raximov” mahallasidagi B.Mashrab va 8-mart ko‘chalarining ichki yo‘llarining ta’mirlanishi belgilangan uzunligi, ta’mirlash hajmi va bajarilgan ishlar holati o‘rganilib, qarorlarda ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlarga muvofiqligiga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, asfaltlashtirish ishlariga ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilishi, bajarilgan ishlar qiymati hamda ishlarni amalga oshirish natijasida iqtisod qilingan mablag‘lar miqdorini aniqlash bo‘yicha tahlil olib borildi.

🔺O‘rganish yakunida aniqlangan iqtisod qilingan mablag‘larni samarali yo‘naltirish masalasiga alohida e’tibor qaratilib, hududlarda ta’mirtalab, aholi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ayrim ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlariga ushbu mablag‘larni yo‘naltirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish tavsiya etildi.

🔵Deputatlar tomonidan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholiga qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish, byudjet mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanish ustidan doim jamoatchilik va deputatlik nazorati olib borilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 7