35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat balalar maydanshasınıń jaǵdayın úyrendi
янв.21
Deputat ońlanıp atırǵan baqsha jumısların úyrendi
янв.21
Deputat "Shımbay Golden Park"tegi attrakcionlardıń texnikalıq qáwipsizligin úyrendi
янв.21
Депутатлық қадағалаў: Районлық Электр тәмийинлеў болими тәрепинен әмелге асырылған жумыслар үйренилди
янв.21
ХАЛЫҚТЫ ҮЗЛУКСИЗ ГАЗ БЕНЕН ТӘМИЙИНЛЕЎ – БАСЛЫ ЎАЗЫЙПА
янв.21
Қәўипсиз бақша: Жумысшы топар тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилмекте
янв.21
«ТАЗҒАРА» АПЖ АЙМАҒЫНДА ҮЙМЕ-ҮЙ ЖҮРИП, ПУҚАРАЛАР МАШҚАЛАЛАРЫ ҮЙРЕНИЛДИ
янв.21
Deputat tayarlıqtaǵı jaslar menen ushırastı
янв.21
Deputat texnikumnıń tigiwshilik baǵdarı jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat Shımbay texnikumı jumısın úyrendi
DEPUTATLIK SO‘ROVI: ELEKTR TA’MINOTI MASALASI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Maxmudova Donoxon Artikovna tomonidan Chilonzor tumani Elektr ta’minoti korxonasi rahbari Turaev Zoir Xasanovich nomiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari” ijrosi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida ta’kidlanishicha, so‘nggi vaqtlarda saylov okrugi hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar hamda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlaridan elektr energiyasi ta’minoti sifati, tarmoqlarda tez-tez kuzatilayotgan uzilishlar, kuchlanishning pasayib ketishi va tizimdagi boshqa kamchiliklar yuzasidan ko‘plab murojaatlar kelib tushgan.

Mazkur murojaatlar asosida deputat amaldagi qonunchilik talablariga tayanib, elektr ta’minoti korxonasi faoliyatida Vazirlar Mahkamasining 245-son qarori bilan belgilangan normalarning amalda qanday bajarilayotgani yuzasidan rasmiy tushuntirish talab qildi.

Deputatlik so‘rovida, xususan, quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratilgan:

- saylov okrugi hududida elektr energiyasini uzluksiz va sifatli yetkazib berish hamda sifat nazoratini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli ishlar;
- elektr tarmoqlarida kuzatilayotgan kuchlanish pasayishi va rejadan tashqari uzilishlarni bartaraf etish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlar;
- rejali ta’mirlash ishlari sababli elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga kelganda iste’molchilarni kamida 3 kun oldin ogohlantirish talabi qanday ijro etilayotgani.

Shuningdek, deputat elektr energiyasi bilan ta’minlashda iste’molchilarning qonuniy huquqlari, ta’minotchi korxonaning shartnoma majburiyatlari hamda elektr energiyasi sifatiga oid talablarning amalda ta’minlanishi masalasiga alohida urg‘u bergan.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlari fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini o‘rganish, hududdagi muammolarni qonuniy asosda tegishli tashkilotlar oldida ko‘tarish hamda ularning ijrosini nazorat qilish bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida tizimli faoliyatni davom ettirmoqda.

Slide 1 of 3